Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida.
XIX asrning o‘rtalaridan uning oxirigacha moliya fani marksistik ta’limotning ta’siri ostida bo‘ldi. Kapitalizm sharoitida moliyaning mohiyati, ayrim moliyaviy kategoriyalarning roli va ahamiyati K.Marks (1813-1883-yillar) va F.Engels (1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat moliyasi masalalariga bag‘ishlangan maxsus katta ishlar ularda bo‘lmasa- da, shunday bo‘lishiga qaramasdan, kapitalizmning juda ko‘p moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va XIX asrning o‘rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss va fransuz byudjetlarining tavsifiga bag‘ishlangan ko‘p sonli maqolalarida o‘z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bo‘lgan davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog‘langanligini ko‘rsatdi. Kapitalning dastlabki jamg‘arilish usullarini tadqiq qilib, ularning safiga birinchi navbatda, moliyaviy metodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana shu metodlar kapital jamg‘arilishining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi. K.Marks va F.Engels eng muhim moliyaviy kategoriya hisoblangan soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini o‘rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qo‘shimcha ekspluatatsiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab keldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks to‘g‘ridan-to‘g‘ri 181 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi. Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Audit nazoratining asosiy tamoyili uning mustaqilligi bo‘lib, bunda asosan tekshirilayotgan subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bo‘lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yyetarli darajada qattiq tartibga solinadi. Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u audit me’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat o‘rnatadi. O‘zbekistonda ham xuddi shunday ahvol tarkib topgan bo‘lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan muhim korxonalarni ajratib, ularda audit o‘tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi, imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar bo‘yicha) talablar qo‘yadi. Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning o‘zini o‘zi boshqarishiga katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSh va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan professional jamoat auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi. Ko‘pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq me’yorlari bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish faoliyatining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bo‘yicha bilimlarini attestatsiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik me’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash (bu - davlatga xos xususiyat bo‘lmagan mamlakatlarda) kabilardan iboratdir. 182 Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, Shvetsiyada, garchi Vakolatli auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uyushmasi ishlab turgan bo‘lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos bo‘lgan xususiyatdir. O‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan davlat organlari bilan o‘zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling