Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
 


184 
 
7-BOB. MOLIYAVIY NAZARIYALAR 

7.1. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid 
nazariyalari 
 
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan 
va 
markazlashtirilmagan 
pul 
fondlarining 
shakllantirilishi, 
taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni 
o‘rgangan moliya fani iqtisodchi olimlar tomonidan amalga 
oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Olimlar yaratgan 
moliyaviy nazariyalar amaliyot tomonidan tekshirildi hamda agar 
ular hodisalarning haqiqiy mohiyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa, 
fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan moliya sohasida 
ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan moliyaning turli 
nazariyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodchi olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan 
nazariy qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal 
siyosatining asosini tashkil qildi. Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid 
nazariyalarining birinchi guruhini siyosiy iqtisod mumtoz 
olimlarining 
konsepsiyalari 
tashkil 
etadi. 
Kapitalistik 
taraqqiyotning 
dastlabki 
bosqichidayoq 
barcha 
iqtisodiy 
nazariyalarda moliyaviy konsepsiyalar alohida o‘ringa ega 
bo‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning 
iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk 
Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – 
P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschilaridan biri A.Smit (1723-1790 yillar) 
o‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida 
tadqiqot” deb nomlangan fundamental asarida davlat moliyasining 
mohiyati to‘g‘risida ayrim g‘oyalarni ishlab chiqdiki, ular 
mehnatning unumli va unumsizligi to‘g‘risidagi ta’limotga (bu 
ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita 
kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa 
daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan 
mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib chiqqan holda 
A.Smit (va undan so‘ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga 
(davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U 
soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki 
185 
deyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning 
uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg‘arilishi va milliy 
daromadning o‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana shundan 
uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit 
yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan 
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi 
davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga keladi. 
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo‘lsa-da, 
ular ma’lum bir qismi bo‘lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki 
ana shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini 
himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi. Uning ta’limotida soliqlar 
nazariyasiga katta o‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga 
muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to‘rt asosiy 
tamoyillarini ishlab chiqqan: 
• soliqlar ularni to‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga 
muvofiq to‘lanishi kerak; 
• soliqlarning miqdori va ularni to‘lash muddatlari aniq 
belgilangan bo‘lmog‘i lozim; 
• soliqlarni undirilish vaqti soliq to‘lovchi uchun qulay bo‘lmog‘i 
zarur; 
• soliqlarni 
undirishda 
ularni 
undirish 
xarajatlarining 
minimalligini ta’minlamoq kerak. 
Tarixiy 
jihatdan 
bu 
tamoyillar 
tug‘ilib 
kelayotgan 
burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning 
asosiy ijtimoiy guruhlari bo‘lgan zodagonlar hamda ruhoniylarga
feodal davlatning soliqlar bo‘yicha boshboshdoqligiga qarshi 
qaratilgan edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan yuqoridagi 
prinsiplar 
burjua 
davlatlari 
tomonidan 
soliq 
islohotlarini 
o‘tkazishda qisman foydalanilgan. 
Soliqlarning turli ko‘rinishlarini (egri soliqlar, ish haqi 
hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, 
A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtayi nazaridan ularga 
baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan o‘rnatilgan egri 
(bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning 
natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o‘sgan va oxir-oqibatda esa, 
ularni sotish kamaygan va iste’mol qilish qisqargan. Ish haqidan 
olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun 
xonavayronlik 
keltiruvchi 
deb 
hisoblagan. 
Chunki 
ishchi 
daromadining 
soliqqa 
tortilishi 
tadbirkor 
avanslashtirilgan 


208 
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan 
pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy 
aylanishi 
samaradorligining 
o‘sishiga 
xizmat 
qiladigan, 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini 
amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida 
bo‘lgan qarziy mablag‘lar asosida tashkil topadi. 
Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYuS 
o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim 
ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish 
va ulardan samarali foydalanish alohida rol o‘ynaydi. 
YaIM va MDni qayta (ikkilamchi)
taqsimlash davlat va 
XYuSlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir 
bo‘ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi 
daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar 
undirish yo‘li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi 
hisobidan 
mamlakatning 
davlat 
moliyasi 
tashkil 
topadi 
(shakllanadi). 
XYuSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini 
ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi 
orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va 
banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan 
yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar 
va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir 
bo‘ladi. 
Ko‘p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus 
fondlar 
faoliyatidagi 
qayta 
taqsimlash 
jarayonlarini 
takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va 
davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan 
uzviy bog‘langan: 
• byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning 
samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan 
fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liqki, bu siyosat o‘z 
navbatida, 
ishlab 
chiqarishning 
o‘sishi 
va 
XYuSlarning 
investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘sishini 
rag‘batlantirishni ko‘zda tutmog‘i kerak; 
• bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta 
taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy 
instrumentlari va mexanizmlari bo‘lib quyidagilar hisoblanishi 
mumkin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar 
hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va 
depozit 
foizlarining 
stavkasi; 
qimmatli 
qog‘ozlar 
bozori. 
193 
bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning 
moliyaviy tizimga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish 
vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli 
rag‘batlantirishni ta’minlash vazifasi yuklatildi. Umumiy tarzda, bu 
jarayonlarda davlatning roli minimallashtirildi. Bu nazariya 
mualliflarining ayrimlari davlatga “kechki qorovul va politsiyachi” 
funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi. 
Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” 
nazariyasida soliqlarga alohida o‘rin ajratilgan. Uning vakillari - 
soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq, soliqlarga antitsiklik 
konyunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan 
keynschilardan 
farqli 
o‘laroq, 
ular 
jamg‘armalar 
va 
investitsiyalarning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq 
undirmalarining darajasini pasaytirishni taklif etishdi. 
Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq konsepsiyasi ham 
o‘ta mashhurlikka erishdi. U o‘zi ishlab chiqqan grafik model 
yordamida soliqlarning yuqori stavkalari iqtisodiy o‘sishning 
sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning 
tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida 
amalga oshirilgan soliq islohotlarining asosini tashkil qildi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling