Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

7.2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari
56
 
Rossiyada moliya fani mustaqil voqelik sifatida XIX asrning 
boshlarida shakllana boshladi. Shu davrda moliya sohasiga oid 
birinchi yirik ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. Rus moliya fanining 
boshlanishiga N.I.Tergenevning “Soliqlar nazariyalari tajribasi” 
asari (bu asar 1818-yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda 
Rossiyada ilk marta soliqlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning 
davlat xo‘jaligi va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun 
ahamiyati o‘rganildi. 
Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida 
moliya masalalari. Rossiya moliya fanining gullab-yashnashi XIX 
asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, bu davrda 
rossiyalik iqtisodchilar va yuristlardan I.Yanjul, I.Ozerov, 
I.Kulisher, L.Xodskiy, V.Lebedev, S.Ilovayskiy va boshqalarning 
eng mashhur asarlari e’lon qilindi. 
Rossiyalik iqtisodchi olimlar moliya fanining ham nazariy va 
ham amaliy masalalarini ishlab chiqishdi. Nazariyada ular 
pragmatik 
yondashuvning 
vakillari 
hisoblanib, 
“jamoa 
ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining tarafdorlari edilar. Bu 
narsa I.Ozerovning “Moliya fani asoslari” deb nomlangan 
darsligida yaqqol namoyon bo‘lgan edi.
56
O‘zbekistonda tayyorlangan darslikda rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalarini o‘rganish masalasi 
ayrimlarning e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, bizning fikrimizcha, X1X asrning 60-yillarida O‘rta 
Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan ishg‘ol etilganligi, bu erda Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva 
xonligi kabi kapitalistik emas, balki feodal davlatlarning mavjud bo‘lganligi, undan keyingi yillarda 
O‘zbekistonning sobiq SSSR tarkibida bo‘lganligi va bu holatlarning barchasi tegishli masalalarga (shu jumladan, 
moliya sohasidagi nazariyalarning yaratilishiga ham) o‘z ta’sirini ko‘rsatganligini xolisona tan olishimiz kerak. Shu 
sabablarga ko‘ra, mazkur darslikda rossiyalik moliyachilarning fanga qo‘shgan hissalari haqida qisqacha ma’lumot 
berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.


196 
Davlat moliyasini tadqiq qilish shu davrdagi olimlarning 
ishlarida asosiy o‘rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda 
e’lon qilingan ishlarda xususiy xo‘jalik moliyasi to‘g‘risida 
masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning 
o‘zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli 
davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish 
shakllari va tartiblari, shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan 
amalga oshirilgan nazorat, byudjet defitsitini qoplash manbalari, 
davlat kreditining rivojlanishi kabi masalalar tadqiq qilingan. 
Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar moliyachilar tomonidan 
o‘rganilgan masalalarning boshqa bir yo‘nalishi byudjet va 
mahalliy byudjetlar bilan bog‘langan. Ularda markaziy byudjet va 
mahalliy byudjetlarning tuzilish masalalari va byudjet jarayoniga 
tegishli bo‘lgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling