Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari. Shu
davrning o‘zida iqtisodiyot fanida sotsial-demokratik oqim rivojlanib, u K. Marks va F. Engelsning rossiyalik izdoshlari tomonidan amalga oshirildi. Barcha sotsial-demokratlar uchun umumiy holat, bu moliyaviy hayot voqeliklarini tadqiq etishda yuzaki yondashish bo‘lib, nazariy ishlanmalarning hokimiyat uchun siyosiy kurashning bir daqiqalik ehtiyojlariga bo‘ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Bu oqimning yaqqol namoyandasi V.I.Lenin (1870-1924 yillar) edi. Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar yozilgan V.I.Lenin ishlarining asosiy mazmuni Rossiya moliyaviy siyosatni tanqid qilishdan iborat bo‘lgan. Maqolalari va chiqishlarida u byudjetning daromadlar va xarajatlar tizimini tanqidiy ko‘rib chiqqan, egri (bilvosita) soliqlarning ijtimoiy tavsifini ochib bergan va Oktyabr davlat to‘ntarilishi arafasida davlat moliyaviy ahvolining ayanchli ekanligini ko‘rsatgan. 1917-yilda V.I.Lenin tomonidan bolsheviklar partiyasining iqtisodiy platformasi ishlab chiqiladi va u RSDRP (b)ning VI syezdida qabul qilinadi. Unda pul, moliya va kredit masalalariga ko‘p e’tibor qaratilgan edi. Xususan, bu iqtisodiy platformaga muvofiq bank ishining milliylashtirilishi va markazlashtirilishi, sug‘urta ishining milliylashtirilishi, qog‘oz pullarni chiqarishning to‘xtatilishi, ichki va tashqi qarzlarni to‘lashdan voz kechish, mulkka va mulkning o‘sishiga solinadigan yuqori stavkali soliqni joriy etish, daromad solig‘ini isloh etish va kapitalistlarning 205 • “Tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasining negizini ayting. • Yangi mumtoz nazariyalarning vakillari va ularning asosiy qarashlari mazmunini aytib bering. • “Taklif iqtisodiyoti” nazariyasidagi yangi konservativ yo‘nalishning asosiy mazmuni nimalardan iborat? • A.Leffer soliq konsepsiyasining mashhur bo‘lish sababini ayting. • Postkeynschilar nazariyalarining mualliflari kimlar va ular qanday g‘oyalarni ilgari surishgan? • Xorijiy mualliflar moliyaviy konsepsiyalarining tahlili qanday yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi? • Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar qaysi rus olimlarining ishlarida moliya masalalari tadqiq etilgan? • “Jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining moliyaviy jihatlari nimalardan iborat edi? • Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari qanday talqin qilingan? • 1917-yilda V.I.Lenin tomonidan ishlab chiqilgan va RSDRP (b)ning VI syezdida qabul qilingan bolsheviklar partiyasining iqtisodiy platformasida pul, moliya va kredit sohasidagi qanday masalalariga ko‘p e’tibor qaratilgan edi va ular qanday oqibatlarga olib keldi? • Sovet moliya fanining rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz? • Sovet moliya fani taraqqiyotining davrlarini shartli ravishda qanday davrlarga bo‘lish mumkin va ularning namoyandalari kimlar? Bu davrlarda ularning qanday asarlari vujudga keldi? • 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida sovet moliya fani qanday natijalarga erishdi? • Moliya nazariyasi masalalari bo‘yicha munozaralarning mohiyati qaysi masalani aniqlashga qaratilgan va turli konsepsiyalarning mualliflari qanday guruhlarga bo‘lingan? Ularning bir-biridan farqli jihatlarini aytib bering. • Sovet davrida moliya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlardan kimlarni bilasiz? Ular ayrimlari asarlarining nomlarini aytib bera olasizmi? 204 O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi moliya fani oldiga umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan vazifalar qo‘ydi. Ularning eng muhimi mustaqil davlatning mustaqil moliyaviy tizimni tashkil etishning nazariy va amaliy masalalarining yechimini ishlab berish edi. O‘zbek moliyachi olimlari bu borada tadqiqotlar olib bora boshlashdi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling