Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan 
quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi
81

1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlari, shu jumladan:
• maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan 
tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini 
axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va 
idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi 
muassasalarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya-
lashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;
• respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi 
kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya 
nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-
tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish 
xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respu-
blika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-
profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab 
turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar 
haqini to‘lash xarajatlari; 
• qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy 
xizmatlar 
ko‘rsatilganligi 
uchun 
respublika 
ixtisoslashtirilgan 
markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar);
• qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning 
sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
81
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 70 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
423 
Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko‘prog‘ini 
(56,55%) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlari tashkil etmoqda. Bu xarajatlarning tarkibida asosiy o‘rinni 
maorif (32,65%), sog‘liqni saqlash (11,82%) va oilalarga ijtimoiy 
nafaqalar (9,56%) egallamoqda. Umumiy holda esa ana shu uch 
guruhdagi xarajatlar Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini 
ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlashga 
mo‘ljallangan 
mablag‘larning 
95,02%ga teng bo‘lmoqda
79
.
Umuman olganda, davlat byudjetining bu guruhga kiruvchi 
xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni 
berish, milliy xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlash, aholiga malakali tibbiyot xizmati ko‘rsatish, ijtimoiy 
sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni yanada yaxshilash, aholini ijtimoiy 
jihatdan himoya qilish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
masalalariga O‘zbekistonda qanday e’tibor berilayotganligini 
yaqqol ko‘rsatmoqda. 
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
xarajatlari 
o‘zlarining 
salmog‘iga 
ko‘ra 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari tarkibiy 
tuzilmasida keyingi o‘rinni egallab, ularning har biriga, mos 
ravishda, davlat byudjeti xarajatlarining 11,97% va 7,51% qismlari 
to‘g‘ri kelayapti
80
. Bu raqamlar davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobidan mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash, 
uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va o‘zgartirish, milliy 
xo‘jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikning o‘sishini ta’minlash, 
ilmiy-texnika taraqqiyotining o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, yagona 
texnikaviy siyosatni yurgizishga jiddiy e’tibor berilayotganligidan 
darak beradi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling