424
va
prinsiplari
yordamida
amalga
oshiriladi.
Byudjetdan
moliyalashtirishning shakl, usul va prinsiplari bu tizimning tarkibiy
elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o‘z
ta’sirini
ko‘rsatadi.
Muhim
ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalar
hal
etilayotgan hozirgi paytda oqilona
va samarali byudjetdan
moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda,
eng avvalo, moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o‘ynaydi.
Amaliyotda
foydalanilayotgan byudjetdan
moliyalashtirishning
prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo‘lish mumkin.
Umumiy
prinsiplar
byudjetdan
mablag‘
oladigan
barcha
subyektlarning faoliyatiga tegishlidir.
Xususiy prinsiplar esa
subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda davlat
byudjeti mablag‘larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan
moliyalashtirishning
umumiy
prinsiplari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
•
minimum xarajat qilib, maksimum samara olish. Davlat
byudjeti mablag‘lari ulardan foydalanishning eng yuqori samarasi
ta’minlangandagina taqdim qilinishi kerak.
Bunday samara, bir
tomondan,
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining
turli
vazifalarini hal etish, ikkinchi tomondan esa,
davlat byudjeti
mablag‘larini oluvchilarning daromadlari o‘sishi hisobidan pul
mablag‘larining byudjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi
mumkin;
•
davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning maqsadli
xarakterdaligi. Yuridik shaxslar oldindan maqsadlari aniqlangan
va tasdiqlangan davlat byudjeti asosida byudjetdan mablag‘ olishi
mumkin. Bu prinsipga qat’iy rioya
qilish davlat byudjeti
mablag‘laridan samarasiz foydalanishga to‘sqinlik qiladi;
•
ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: