Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15 aprelga qadar
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Davlat byudjeti xarajatlarining mazmuni nimada va ular o‘zida qanday munosabatlarni ifodalaydi? • Davlat byudjeti xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega? • Davlat byudjeti xarajatlari aniq turlarining xilma-xilligi qanday omillar bilan izohlanadi? • Davlat byudjeti xarajatlari qanday belgilarga ko‘ra tasniflanadi? • O‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari qanday xarajatlarga bo‘linadi? 464 iqtisodiy siyosatning umumiy yo‘nalishlari muammolari bo‘yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan, AQShda Prezident Amerika xalqiga Byudjetnoma bilan murojaat qilib, unda moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi . Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da quyidagi maqsadlar kun tartibiga qo‘yiladi: • iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda byudjetning faol ta’sirchanligini ta’minlash; • moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va ijtimoiy dastur-bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish; • mablag‘larni sarflashda zaruriy proporsiyalar va ustuvorliklar o‘rnatish; • davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib topish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini: O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini tayyorlash uchun — davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralardan Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo‘yicha takliflar so‘raydi. Davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar, Qora- qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni ichida tegishli davlat byudjeti so‘rovlarini tuzish to‘g‘risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari qarorlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini: 449 yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda banklarning davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromad qismining ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazadi; • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. • O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling