Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
-BOB. DAVLAT BYUDJETI TIZIMI VA BYUDJET
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
19-BOB. DAVLAT BYUDJETI TIZIMI VA BYUDJET TUZILMASI 85 19.1. Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi vakolatlar Turli darajadagi byudjetlar va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, davlat byudjeti jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmui davlat byudjeti tizimi deyiladi. Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi. Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, davlat byudjeti tizimi davlat byudjetining o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir. Mamlakatning davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq. U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi ikki bo‘g‘indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bo‘lishi mumkin. Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanib tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti kodeksi”da mamlakatimiz davlat byudjeti tizimi shakllantirilishi va faoliyat yuritishining prinsiplari belgilab berilgan: • davlat byudjeti tizimining yagonaligi; • davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi; • davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish; 85 Darslikning 19-20-boblarini yozishda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” asos qilib olindi . Bu o‘rinlarda “Byudjet tizimi” va “Davlat byudjeti tizimi” iboralari bir xil tarzda talqin qilinadi. 437 Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling