Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi)


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

19.2. Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi) 
 
Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlar majmui (uning ichki bo‘linmalari tarkibi va 
tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional 
cheklanganligi, o‘zaro bo‘ysunuvchanligi, o‘zaro aloqadorligi 
va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan 
holda) davlat byudjeti tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning 
davlat byudjeti tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy 
tuzilishi bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti: 
Respublika byudjetini
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy 
byudjetlarni o‘z ichiga oladi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti 
tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari ham jamlanadi. 
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda 
shu respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini 
o‘z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan


454 
viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan 
iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharlarning 
byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar 
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan 
shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va 
tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. 
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o‘zlarining 
manbalari, ma’lum maqsadlarga mo‘ljallanganligi va boshqa 
belgilariga ko‘ra xilma-xildir. Bir vaqtning o‘zida ular umumiy 
belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining to‘g‘ri rejalashtirilishi va hisobga 
olinishini ta’minlash uchun ular tasniflanadi (klassifikatsiya 
qilinadi). 
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va 
xarajatlari, 
shuningdek, 
uning 
taqchilligini 
moliyalashtirish 
manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda davlat byudjeti 
klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Undan davlat byudjetini 
tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida davlat 
byudjeti ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foyda-
laniladi va davlat byudjeti klassifikatsiyasi davlat byudjeti 
ma’lumotlari 
xalqaro 
tasnif 
tizimlarining 
aynan 
shunday 
ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling