Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjetini muhokama qilish (ko‘rib chiqish)


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

20.3. Davlat byudjetini muhokama qilish (ko‘rib chiqish) 
 va tasdiqlash (qabul qilish) 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
taqdim etilgan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun 
Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini 
hamda soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 
qabul qiladi. 
Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir 
palatasida (oldin quyi palata bo‘lgan Qonunchilik palatasida va 
yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi. 
Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti 
masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus qo‘mitalar va komissiyalar 
faoliyat ko‘rsatadi. Ular davlat byudjeti loyihasining tegishli 
moddalarini 
atroflicha 
tahlil 
qiladilar, 
zarur 
hollarda 
o‘zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda 
davlat byudjetining loyihasiga xulosa beradilar. 


472 
Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul 
qilinganidan so‘ng, har ikki palata o‘rtasida davlat byudjeti loyihasi 
bo‘yicha 
kelishmovchiliklar 
mavjud 
bo‘lmasa, 
mamlakat 
parlamentining davlat byudjeti to‘g‘risidagi umumiy qarori qabul 
qilinadi. Agar palatalar o‘rtasida davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha 
kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan 
iborat bo‘lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi 
kerak. 
Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko‘rib 
chiqish)da davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim 
ahamiyatga egadir. Davlat byudjeti tashabbuskorligi deyilganda 
parlament a’zolarining hukumat tomonidan taqdim etilgan davlat 
byudjeti loyihasiga nisbatan o‘zgartirishlar kiritish huquqi nazarda 
tutiladi
100

Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul 
qilinadi. 
Davlat byudjetiga muvofiq: 
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy mak-
roiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy 
parametrlarini tasdiqlashga doir qaroriga muvofiq, qaror qabul 
qilingandan 
so‘ng 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling