Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Byudjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda 
mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadigan hujjat bo‘lib, ushbu 
yo‘nalishlar asosida Davlat byudjetining va davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari shakllantiriladi. 
Byudjetnoma o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 
- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi 
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini; 
- Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini;
- Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
- soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
loyihasini; 
- Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining loyihasini;
- davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; 
- soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini
Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy 
yilning 15 sentyabriga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga 
xulosa taqdim etishi uchun joriy yilning 20 sentyabriga qadar 
kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va davlat 
byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha ikki 
haftalik muddatda xulosa taqdim etadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga — 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy 
yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritiladi. 
Davlat byudjeti loyihasini tuzishda: 
475 
ular 
uchun 
nazarda 
tutilgan 
byudjetdan 
ajratiladigan 
mablag‘larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling