Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-iyunidan kechiktirmay
gacha;
• davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar to- monidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1 iyuligacha taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 15 iyunigacha taqdim etadi. 468 Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari: • tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25-iyunidan kechiktirmay; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1- iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi. Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan: Davlat byudjeti daromadlari qismi bo‘yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning bo‘limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjeti xarajatlari qismi bo‘yicha tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning davlat byudjeti so‘rovlari asosida ishlab chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan davlat byudjetining daromadlari qismi bo‘yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo‘linmalari tomonidan ma’muriy- hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy 477 Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq olinmaydi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo‘yicha ochiladi: • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari; • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘arma- larining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari; • davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari: • O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; • Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan; • tumanlar va shaharlar byudjetlari bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan; • davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari bo‘yicha — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi: O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining 476 tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo‘lgan Davlat G‘aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rolni o‘ynaydi 101 . Davlat g‘aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradi: • davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish; • davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum muddat davomida xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish muddatlari va hajmlarini tartibga solish; • ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida xarajatlarni amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini sodir etish; • byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshirish; • va boshqa funksiyalar. Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijrosi g‘aznachilik ijrosi asosida amalga oshiriladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling