Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjetini ijro etish


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

20.4. Davlat byudjetini ijro etish 
Byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzolagandan so‘ng 
boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyi 
ijroiya organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan 
muvofiqlashtirilgan holda davlat byudjeti ijrosi tartibini tashkil 
qiladi. Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi o‘z ichiga davlat 
byudjetining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishini 
qamrab oladi. 
Byudjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlamalik 
xaraktyerga ega bo‘lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa 
to‘lovlarning yoppasiga hamda har bir manbalar bo‘yicha to‘liq va 
o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa
davlat byudjeti tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida 
byudjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni 
moliyalashtirilishni taqozo etadi. 
Davlat byudjeti ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni 
intensifikatsiyalash 
va 
samaradorligini 
oshirish 
hisobidan 
resurslarning oshishidan, mablag‘larni sarflashda iqtisod rejimiga 
rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to‘liq jalb qilinishidan 
manfaatdordir. 
Davlat 
byudjetining 
ijrosini 
ta’minlashda 
quyidagi 
masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim: 
• davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish; 
• davlat byudjeti mablag‘larini sarflash; 
• qabul qilingan davlat byudjeti bo‘lmagan taqdirda byudjetni 
ijro etish; 
• byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish; 
• davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish; 
• davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish; 
• davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash; 
• davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish. 
Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va 
uning tegishli bo‘linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo‘mitasi 
hamda Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning joylardagi organlari 


474 
Davlat byudjeti qabul qilingandan so‘ng uning mablag‘lari 
byudjetdan mablag‘ oluvchilarga o‘rnatilgan tartibga muvofiq 
ravishda yetkazilishi kerak. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi: 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari 
hajmlarini, 
shuningdek‚ 
ularga 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetidan 
beriladigan 
subvensiyalar, 
o‘tkazib 
beriladigan 
daromadlar 
dotatsiyalar 
va 
maqsadli 
ijtimoiy 
transfertlar hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling