Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
uch ish kuni ichida;
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga — o‘n ish kuni ichida yetkazadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari: • tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek‚ ularga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida; • Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi. Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga 471 • mamlakatning istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishi; • inflyatsiya darajasi; • aholining bandlik darajasi; • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan foydalanayotgan aholi soni hisobga olinadi. Shuningdek, davlat byudjeti loyihasini tuzishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi: • iqtisodiy tahlil usuli – bu usuldan foydalangan holda o‘tgan yilgi davlat byudjetining bajarilish darajasi aniqlanadi va joriy yil uchun davlat byudjetining bajarilish darajasi o‘rnatiladi, farqlarning sabablari aniqlanadi; • normativ usul – bu usulning asosida davlat tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning birligiga to‘g‘ri keluvchi moliyaviy xarajatlarning normativi yotadi. Natural birlikni normativga ko‘paytirib har bir bosh taqsimlovchi, taqsimlovchi va davlat byudjeti tashkiloti bo‘yicha mablag‘ xarajatlarining summasi aniqlanadi. • ekstrapolyatsiya usuli – unga ko‘ra oldingi yillarning hisobot ma’lumotlari dinamikasi asosida moliyaviy ko‘rsatkichlar aniqlanadi va ular kelgusi yil uchun ekstrapolyatsiya qilinadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling