Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
bir
haftalik muddatda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qabul qilgan qarorlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘n ish kuni ichida: 100 Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda (Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) hukumat a’zosi bo‘lmagan parlament a’zolari davlat byudjeti loyihasida ko‘zda tutilgan xarajatlarni oshirish yoki yangi soliqlarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega emas. Bunday tartibning o‘rnatilganligi mamlakatdagi tez o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatga hukumatning ta’sir etish imkoniyatlarini kengaytiradi. AQShda esa Kongressning davlat byudjeti huquqi ancha kengdir. Parlament davlat byudjeti huquqining cheklanganligi yana shunda ko‘rinadiki, qonunchilik hokimiyati byudjetni yaxlit hujjat sifatida qabul qilmasdan, faqat davlat byudjeti yo‘llanmalari to‘g‘risida har yillik qarorlarni qabul qilish bilan cheklanadi. Bunda mamlakat prezidentiga ma’lum maqsadlarga mablag‘larni sarf qilish vakolati yuqori chegarani belgilagan holda taqdim etiladi. Davlat byudjetiningayrim moddalari esa, umuman, ko‘rib chiqilmasdan, avtomatik ravishda tasdiqlanadi. 473 • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning cheklangan miqdorlarini; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlariga umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalarning normativlarini. Umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratmalarning normativlari ayni shu soliqlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan normativlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadi; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlarini; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo‘yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi. 496 • turli maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bevosita davlat ixtiyorida bo‘lsa-da, alohida shaklda faoliyat yuritadi va davlat tomonidan moliyaviy resurslarini daf’atan olib qo‘yishga ruxsat berilmaydi. Ularning Davlat byudjeti va unga tenglashtirilgan jamg‘armalardan farqli tomoni shundaki, bu jamg‘armalarning moliyaviy resurslaridan foydalanish qat’iy maqsadli xususiyatga ega. Maqsadga erishgandan keyin daromad olish maqsadida boshqa tijorat obyektlariga muddatli investitsiya qilish ham mumkin. Amaliyotda har bir Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasining moliyaviy manbalari har xil bo‘ladi. Lekin shartli ravishda ularning quyidagi guruhlardan tashkil topishi jahon tajribasida namoyon bo‘ladi: • mos ravishdagi jamg‘armalar uchun davlat tomondan o‘rnatilgan maxsus maqsadli soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar; • xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy-moliyaviy samarasidan ajratmalar; • Davlat byudjeti mablag‘lari; • jamg‘armalarni yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati (moliya bozori)dan olgan foydalari; • tijorat banklarining kredit resurslari. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling