Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va 
shaharlar 
Kengashlarining 
davlat 
byudjeti 
sohasidagi 
vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir
88

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar 
byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul 
qiladi; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar 
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni 
tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar, 
tumanlar 
va 
shaharlar 
hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib 
chiqadi va tasdiqlaydi; 
• mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida 
belgilaydi. 
88
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 27 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 


450 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq 
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va joylardagi davlat 
hokimiyat organlari ham davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida 
bir 
necha 
vakolatlarga 
ega. 
Jumladan, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik 
organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir
89

• tegishli davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va uni ijro 
etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; 
• davlat 
byudjeti 
so‘rovi 
olinishiga 
qarab 
tegishli 
byudjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi
ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar 
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar 
byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent 
shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va 
qabul qilish uchun taqdim etadi; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq 
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
Kengashlarining 
qarorlariga 
muvofiq 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy 
byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini 
tasdiqlaydi; 
• Moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, 
tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar 
kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar 
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Jo‘qorg‘i 
Kengesiga, 
xalq 
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; 
• Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan 
nazoratni tashkil etadi; 
89
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 28 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
463 
• daromadlarni davlat byudjeti tizimining bo‘g‘inlari o‘rtasida 
taqsimlash.
• Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining 
loyihalari 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari va kelgusi moliya yili uchun 
mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari asosida 
tuziladi. 
Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo‘yicha ishlar yangi davlat 
byudjeti yilining boshlanishidan, masalan, GFR da – 6 oy, 
Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada – 14 oy, AQShda – 18 oy, 
O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish 
ijroiya hokimiyat organlari, odatda, Moliya vazirligi tomonidan 
amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar 
quyidagilardir
98

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va 
ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha. 
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun 
mas’ul organlardir. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq 
muddatga tuzilgan Davlat byudjetini va davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlarini qabul qilish to‘g‘risida taklif kiritishga 
haqli. 
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining loyihasini tuzish
99

• davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini yuborishni; 
• davlat byudjeti so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; 
• davlat byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni; 
• byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi. 
Ba’zi bir mamlakatlarda davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat 
ijroiya hokimiyati boshlig‘ining kelgusi yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-
98
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 84 modda: – T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
99
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 83 modda: – T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 


462 
• pul-kredit tizimini tartibga solish organlari; 
• davlat va mahalliy nazorat organlari; 
• davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari; 
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar va boshqalar. 
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga 
rioya qilinadi: 
yagonalik
• mustaqillik; 
• balans usuli. 
Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona 
davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi, 
mamlakatning 
konsolidat-
siyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo‘ladigan statistik va 
davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari 
shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi. 
Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda 
uning har bir ishtirokchisi uchun mustaqil bo‘lish imkoni berilganligi 
bilan belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari 
daromadlarning o‘z va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan 
foydalanishning yo‘nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga 
egadirlar. 
Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari 
o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlar o‘rnatishda gavdalanadi. Unga rioya 
qilinishi davlat byudjetining barqarorligini va xo‘jalik sohalari 
o‘rtasida mablag‘larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi 
kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining 
daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu 
prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling