Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

21.5. Yo‘l jamg‘armasi 
 
O‘zbekiston Respublikasi geografik joylashuviga muvofiq, okean 
va dengiz bandargohlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun kamida 
ikkita mustaqil mamlakatning davlat chegarasini bosib o‘tishi 
lozim. Bunday holat, o‘z navbatida, dengiz transportini tashkil 
etish va undan foydalanishga imkoniyat bermaydi, albatta. Bu 
narsa bizda havo yo‘li tarnsporti, temir yo‘l tarnsporti, quvur 
transporti va eng asosiysi avtomobil yo‘l transportini boshqa 
davlatlardagi (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Yaponiya, Buyuk 
Britaniya, AQSh va bir qator Fors hamda Arab mamlakatlari)ga 
qaraganda jadal va tez rivojlantirishni obyektiv zarurat qilib 
qo‘yadi. Ushbuni teran his etgan mamlakatimiz rahbariyati 
mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, umumiy foydalanishdagi 
avtomobil yo‘llarni qurish, qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish 
chora-tadbirlariga katta ahamiyat berib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida 
tranzit transport tashuvlari chorrahasida joylashuvi bevosita 
avtomobil yo‘llarini muttasil yangilanishini va davr talabiga mos 
rivojlanishini talab etgan.
Mamlakatimizda Respublika yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq 1993-yilda 
tashkil etilgan. Jamg‘arma umumiy foydalaniladigan avtomobil 
yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan 
bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga safarbar etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21- 
avgustdagi 361-son Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom 
tasdiqlandi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 


518 
“O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-sonli qaroriga ko‘ra Respublika yo‘l 
jamg‘armasi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligidan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni 
kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital 
qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksiga bo‘ysundirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy 
makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlari 
prognozi 
va 
davlat 
byudjeti 
parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida” 
gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086 son Qaroriga ko‘ra 
2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining 
Avtomobil yo‘llari davlat Qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi va uning 
asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni 
kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi funksiyasiga o‘tkazildi. Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qurilish, 
rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli 
dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil 
yo‘llaridan 
foydalanish 
va 
saqlash 
bo‘yicha 
xarajatlarni 
moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat 
qo‘mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan 
foydalanish 
korxonalari, 
yo‘llardan 
muntazam 
foydalanish 
korxonalari, ko‘priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo‘l 
jamg‘armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari 
sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasini saqlash funksiyalarini 
Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi hamda boshqaruv xodimlarining 
cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda 
Respublika yo‘l jamg‘armasini yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro 
moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ 
sifatida belgilandi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga 2019-yil 1-yanvardan keyin 
tushadigan majburiy ajratmalar summasi to‘liq miqdorda Pensiya 
jamg‘armasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi hamda ushbu to‘lovlar bo‘yicha 
ortiqcha to‘langan summalar Pensiya jamg‘armasidan to‘lanilishi 
belgilandi. Respublika yo‘l jamg‘armasining (xodimlarni moddiy 
rag‘batlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018-yil yakuni 
bo‘yicha qoldiq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika 
byudjetiga o‘tkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-ta’mirlash va 
jihozlash ishlari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika 
523 
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg‘arma 
mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida 
shartnomalar tuzadi; 
• Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 
• Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning 
yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling