Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Jamg‘arma  mablag‘larini


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Jamg‘arma 
mablag‘larini 
taqsimlash
qonunchilikda 
belgilangan mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi 
nisbatlarda amalga oshiriladi: 
• 96,5 foizi – kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiy-
lashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish 
uchun tijorat banklariga; 
• 1,5 foizi – mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infra-
tuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil 
etilgan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga; 
• 2 foizi – tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga 
oshirish, shu jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan 
obyektlar 
elektron 
bazasi 
va 
reestrini 
shakllantirish, 
xususiylashtirilgan 
korxonalarni 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
“yo‘l 
xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq 
xarajatlarni 
qoplash 
uchun 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish 
davlat 
qo‘mitasining 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armasiga. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Tadbirkorlik 
maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni 
jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish 
527 
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari deb nimaga 
aytiladi? 
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari qanday 
xususiyatlarga ega? 
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil 
etishning obyektiv zarurligi va shart-sharoitlari nimalar bilan 
belgilanadi? 
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishga 
qanday omillar ta’sir etadi va ularning asosiylari nimalar 
hisoblanadi? 
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etish 
tartibi qanday va ularni shakllantirish metodlari nimalardan iborat? 
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining moliyaviy 
munosabatlari qanday ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin? 
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari qanday 
vazifalarni bajaradi va ularning asosiylari nimalar?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining qanday 
moliyaviy manbalari mavjud va ularni qanday guruhlarga ajratish 
mumkin?  
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari o‘zlarining 
iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko‘ra qanday 
guruhlardan tashkil topadi? 
• Ijtimoiy xususiyatga ko‘ra davlatning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari tarkibiga qanday jamg‘armalar kiradi? 
• Iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra davlatning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari tarkibi qanday jamg‘armalardan iborat? 
• Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida 
qanday byudjetdan tashqari jamg‘armalari mavjud va ularning 
asosiylari qaysilari? 
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bosh maqsadi 
nimadan iborat? 
• Davlat pensiyalarining qanday ko‘rinishlari mavjud? 
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarining 
shakllanish tartibi qanday va manbalari nimalardan iborat? 
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan pensiya, 
nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi qanday? 
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining 
asosiy ko‘rsatkichlari tarkibiga nimalar kiradi? 
• Bandlikka ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasining oldiga 
qanday maqsadlar qo‘yilgan? 


526 
– xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan 
tushumlar; 
– jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari; 
– xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning 
grantlari; 
– qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa 
tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va 
stajirovkadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy 
soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining 
yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan o‘sib borayotgan 
ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar 
bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini 
samarali tashkil etilsh maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 4-yanvar kuni Qarori e’lon qilindi. 
Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan 
o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish 
vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida 
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
amalga oshiriladi: 
– ta’lim;
– fan va ilmiy tadqiqotlar;
– sog‘liqni saqlash;
– davlat boshqaruvi; 
– iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
2018-yilda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar 
bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 40, mlrd. 
so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019-yilda 72.5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. 
Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 
2019-yilda Jamg‘arma dasturlari bo‘yicha xorijda kadrlarni 
tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni 
moliyalashtirish uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ 
ajratish nazarda tutilgan. 
 
515 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son 
Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining 
qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan 
tushadigan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari 
tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy 
byudjetlariga yo‘naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan 
jamg‘arma mablag‘larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat 
qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 
tasarrufida qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon 
xo‘jaliklari va tomorqa yyer egalari kengashi huzuridagi Fermer, 
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan auksion savdolarida fuqarolarga 
yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish 
huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag‘lar 
bundan mustasno hisoblanadi. 
Bunda: 
• tushgan mablag‘lardan davlat aktivini sotish bilan bog‘liq 
xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, 
vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) 
chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) 
bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat raqobat 
qo‘mitasiga 
va 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Savdo-sanoat 
palatasiga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga avval yo‘naltirilgan mablag‘lar 
qaytarilmaydi; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, 
viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, 
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasiga mablag‘lar ularning tushishiga ko‘ra har haftada 
yo‘naltiriladi. 
Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 25 
foizi miqdoridagi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika 
byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga 
yo‘naltirilgan hollarda mablag‘larning (Davlat raqobat qo‘mitasi 
hamda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Savdo-sanoat 
palatasi 
tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) qolgan qismi 
qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi. 


516 
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan 
shartnomalar, berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va 
jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi: 
• 50 foizi – Davlat raqobat qo‘mitasining byudjetdan tashqari 
jamg‘armasiga o‘tkaziladi; 
• qolgan qismi – yuqorida aytib o‘tilgan taqsimotga muvofiq 
taqsimlanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy 
summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan 
tushumlar summasi to‘liq miqdorda Jamg‘arma hisobiga 
o‘tkaziladi. 
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari 
tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovar yetkazib 
beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda tanlov (tanlab 
olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin: 
• davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi 
e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek‚ 
reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, 
bannerlar va boshqalarda) joylashtirish; 
• davlat aktivlarini sotishda, shuningdek‚ yuridik shaxslarning 
aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat 
manfaatlarini ko‘zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari 
savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar 
tomonidan xizmatlar ko‘rsatish; 
• Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, 
raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari 
tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, 
metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va 
boshqa ishlarni amalga oshirish; 
• Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat 
qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish 
respublika markazida Davlat raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy 
bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va 
xususiylashtirilgan 
korxonalar 
negizida 
loyihalarni 
amalga 
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va 
o‘qitish; 
• Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» 
axborot texnologiyalari markazi DUK tomonidan zamonaviy 
axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar 
bazasi va reestrlarini, lokal kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish, 
joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; 
525 
ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda 
qo‘shilgan qiymat o‘sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi 
loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish; 
• Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti 
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga. 
Mablag‘larni berish muddati va shartlari Jamg‘armani 
boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg‘arma 
tomonidan beriladigan kredit resurslari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6 
foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi. 
Jamg‘armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan 
chet el valyutasida ajratiladi. 
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg‘arma va 
tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha 
bo‘yicha alohida belgilanadi. 
Ajratilgan 
mablag‘larning 
qaytarilishi 
tijorat 
banklari 
tomonidan kechiktirilgan holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun 
muddati kechiktirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasining 
0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag‘lar hajmining 10 
foizidan oshmagan holda) penya undiriladi. 
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan birgalikda moliyalash-
tiriladigan import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlarini to‘lash, 
qoidaga ko‘ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi 
tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans 
to‘lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda 
amalga oshiriladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling