Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Jamg‘arma mablag‘larini
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari deb nimaga aytiladi
Jamg‘arma
mablag‘larini taqsimlash, qonunchilikda belgilangan mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi: • 96,5 foizi – kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiy- lashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish uchun tijorat banklariga; • 1,5 foizi – mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infra- tuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga; • 2 foizi – tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, shu jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan obyektlar elektron bazasi va reestrini shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish 527 Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari deb nimaga aytiladi? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari qanday xususiyatlarga ega? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishning obyektiv zarurligi va shart-sharoitlari nimalar bilan belgilanadi? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishga qanday omillar ta’sir etadi va ularning asosiylari nimalar hisoblanadi? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etish tartibi qanday va ularni shakllantirish metodlari nimalardan iborat? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining moliyaviy munosabatlari qanday ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari qanday vazifalarni bajaradi va ularning asosiylari nimalar? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining qanday moliyaviy manbalari mavjud va ularni qanday guruhlarga ajratish mumkin? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari o‘zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko‘ra qanday guruhlardan tashkil topadi? • Ijtimoiy xususiyatga ko‘ra davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari tarkibiga qanday jamg‘armalar kiradi? • Iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari tarkibi qanday jamg‘armalardan iborat? • Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida qanday byudjetdan tashqari jamg‘armalari mavjud va ularning asosiylari qaysilari? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bosh maqsadi nimadan iborat? • Davlat pensiyalarining qanday ko‘rinishlari mavjud? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarining shakllanish tartibi qanday va manbalari nimalardan iborat? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan pensiya, nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi qanday? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining asosiy ko‘rsatkichlari tarkibiga nimalar kiradi? • Bandlikka ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasining oldiga qanday maqsadlar qo‘yilgan? 526 – xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan tushumlar; – jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari; – xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari; – qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini samarali tashkil etilsh maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvar kuni Qarori e’lon qilindi. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: – ta’lim; – fan va ilmiy tadqiqotlar; – sog‘liqni saqlash; – davlat boshqaruvi; – iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari. 2018-yilda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 40, mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019-yilda 72.5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2019-yilda Jamg‘arma dasturlari bo‘yicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni moliyalashtirish uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratish nazarda tutilgan. 515 chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan jamg‘arma mablag‘larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yyer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag‘lar bundan mustasno hisoblanadi. Bunda: • tushgan mablag‘lardan davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat raqobat qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga avval yo‘naltirilgan mablag‘lar qaytarilmaydi; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar ularning tushishiga ko‘ra har haftada yo‘naltiriladi. Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 25 foizi miqdoridagi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltirilgan hollarda mablag‘larning (Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) qolgan qismi qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi. 516 Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi: • 50 foizi – Davlat raqobat qo‘mitasining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi; • qolgan qismi – yuqorida aytib o‘tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to‘liq miqdorda Jamg‘arma hisobiga o‘tkaziladi. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda tanlov (tanlab olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin: • davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek‚ reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish; • davlat aktivlarini sotishda, shuningdek‚ yuridik shaxslarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish; • Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish; • Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazida Davlat raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o‘qitish; • Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot texnologiyalari markazi DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; 525 ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat o‘sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish; • Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga. Mablag‘larni berish muddati va shartlari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg‘arma tomonidan beriladigan kredit resurslari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi. Jamg‘armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida ajratiladi. Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo‘yicha alohida belgilanadi. Ajratilgan mablag‘larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag‘lar hajmining 10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan birgalikda moliyalash- tiriladigan import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlarini to‘lash, qoidaga ko‘ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans to‘lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling