Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya vafot etgan 
shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan va uning mehnatga layoqatsiz oila 
a’zolariga tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga 
qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish 
huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va yoshidan va mehnat 
qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud 
buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining 
bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga 
bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini 
beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va 
ishlamasa pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-
turmaganidan qat’iy nazar tayinlanadi. Marhumning qaramog‘ida 
turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish 
uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya 
olish huquqiga ega bo‘ladilar. 
Quyidagilar 
oilaning 
mehnatga 
qobiliyatsiz 
a’zolari 
hisoblanadilar: 


540 
qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son 
Farmoniga muvofiq eng kam oylik ish haqining 100 foizi 
miqdorida qo‘shimcha to‘lov qo‘shib hisoblanadi.
Nogironlik bo‘yicha pensiya mehnat qobiliyati doimiy yoki 
uzoq muddatda yo‘qotilganda tayinlanadi. Bu pensiyaning miqdori 
mehnat qobiliyatining yo‘qotilish darajasiga (nogironlik guruhiga), 
nogironlik sabablariga, mehnat staji va ish haqining darajasiga 
bog‘liq. 
Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda I va II guruh 
nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi (2011-yil 1- 
yanvardan keyin nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga, 
shu jumladan, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng 
nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi 
tayinlanmaydi va to‘lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh 
nogironligini olgan shaxslardan tashqari. Istiqbolda mamlakatimizda 
III guruh nogironlari uchun ham nogironlik pensiyalarini tayinlash 
rejalashtirilmoqda). Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik 
darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. 
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek‚ nogironlik 
boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular 
to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. 
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda 
beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’iy nazar, 
tayinlanadi. 
Umumiy 
kasallik 
tufayli 
beriladigan 
nogironlik 
pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar qonunchilikda 
belgilangan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga 
to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash 
to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiyalar 
ish stajidan qat’iy nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki 
kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan 
umumiy 
kasallik 
tufayli 
beriladigan 
nogironlik 
pensiyasiga 
o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi 
yoshga qarab aniqlanadi. 
I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — 
pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish 
haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 
533 
Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to‘lanmalarning tahlili 
shuni ko‘rsatadiki, ularning ba’zilarining manbai zarur mahsulot 
bo‘lsa, boshqalariniki esa qo‘shimcha mahsulotdir. Masalan, 
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgandagi nafaqa to‘lanmalari, 
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar, nogironlarni o‘qitish va 
ishga 
joylashtirish 
xarajatlari, 
ishsizlarni 
qayta 
o‘qitish 
xarajatlarining manbai bo‘lib zarur mahsulot hisoblanadi. Bu 
to‘lanmalarning yo‘nalishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan 
paytda yoki ishsizlik davrida xodimga zarur bo‘lgan hayotiy 
ne’matlarni berish bilan belgilanadi. Bu to‘lanmalar ishchi kuchini 
takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog‘liqdir. 
Pensiya to‘lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. 
Bu to‘lanmalar mehnatga qobiliyatsizlarga to‘lanmalardir. Mehnat 
faoliyati boshlangunga qadar mamlakatning har bir yosh avlodi 
ham zaruriy mahsulot (ota-onalarning mehnat haqi to‘lovlari 
shaklida) va ham qo‘shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol 
fondlaridan xizmatlar va imtiyozlar shaklida) hisobidan saqlanadi. 
Mehnat faoliyati boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar 
(35-40 yil ichida) bu avlod oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy 
mahsulotni (zaruriy va qo‘shimcha) yaratadi. Jamg‘armaga 
yo‘naltirilgan qo‘shimcha mahsulotning qismi ancha oshadi. 
Buning natijasida milliy boylikning hajmi tez o‘sadi. Demak, 
ko‘rinib turibdiki, har bir yangi avlod o‘zining navbatdagi avlodiga 
o‘zining oldingi ajdodlaridan olgan milliy boylikka nisbatan 
kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana shu asosda har bir 
yangi avlod o‘z mehnati bilan yalpi mahsulotni ishlab chiqarishni 
oshiradi. 
Bunda 
moddiy 
boylik 
ishlab 
chiqarish 
sohasi 
xodimlarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga foydalaniladigan 
zaruriy 
mahsulotning 
ham 
hajmi 
va 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirishga hamda ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishga, 
shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz a’zolarini 
ta’minlashga yo‘naltirilayotgan qo‘shimcha mahsulotning hajmi 
ham o‘sadi. 
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda pensiya 
to‘lanmalari ko‘p yillar davomida, asosan, mehnatkashlarning ish 
haqlaridan ajratmalar yordamida shakllantiriladigan pensiya 
jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu 
yerda 
pensiya 
jamg‘armalari 
zaruriy 
mahsulotning 
rezervlashtirilgan qismidan iborat bo‘lib, uni xodim qarilik yoki 
nogironlik bo‘yicha pensiyaga chiqqandan so‘ng, ola boshlaydi. 


534 
Mamlakatimizda qariganda, kasalligida, mehnat qobiliyatini 
to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda 
moddiy ta’minlash huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq 
ijtimoiy 
ta’minotning 
turli 
shakllari 
bilan 
kafolatlangan. 
Mehnatkashlar o‘zlarining ish haqlaridan 0,1% (2019-yil 1- 
yanvaridan boshlab) miqdorida o‘zlarining kelgusi jamg‘ariladigan 
pensiyalariga ajratmalarni o‘tkazadilar (2019-yil 1-yanvardan 
boshlab 2018-yilda mehnatkashlarning ish haqlaridan ushlab 
qolinadigan 8% yagona ijtimoiy sug‘urta fondiga, ya’ni Pensiya 
jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratma bekor qilindi). 
Kelgusi davrning pensionerlari uchun pensiya jamg‘armasi davlat 
mablag‘lari hisobidan ham oldindan shakllantirilmaydi. Mehnatga 
qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun fondlar YaIM va MDni 
taqsimlash jarayonida har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi.
Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo‘shimcha mahsulotni 
yaratmaganligi va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya 
jamg‘armasi ular uchun shakllantirilganligi tufayli har yili 
shakllantirilishi lozim bo‘lgan pensiya jamg‘armalarining manbai 
ishlayotgan avlodning qo‘shimcha mehnati evaziga yaratilgan 
YaIM va MD qismi, ya’ni qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. 
Ijtimoiy ta’minotning o‘ziga xos bo‘lgan muhim xususiyati uni 
vujudga keltirishning 
(yaratishning, 
qurishning, 
tuzishning) 
prinsiplaridir. Ular quyidagilardan iborat: 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling