Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Yoshga doir pensiya Pensiya jamg‘armasining xarajatlarida 
asosiy o‘rin egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo‘lmagan, 
umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan va 60 yoshga yetgan 
erkaklarga, 20 yildan kam bo‘lmagan, umumiy mehnat stajiga ega 
bo‘lgan va 55 yoshga yetgan ayollarga belgilanadi. Istiqbolda 
mamlakatimizda 
bosqichma-bosqich 
fuqarolarning 
pensiyaga 
537 
chiqish yoshlarini oshirish ko‘zlangan bo‘lib, ayollar uchun 58 yosh, 
erkaklar uchun 63 yosh yoshga doir pensiyaga chiqish yoshi deb 
belgilanishi rejalashtirilmoqda. Shaxslarning alohida toifalari (urush 
nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, bolalikdan nogiron 
farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar, kon sanoatidagi 
yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon 
ishlarida ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib 
olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band 
bo‘lgan xodimlar, uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga 
kiruvchi xodimlar, teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari 
artistlarining ayrim toifalari, mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda 
to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar, bolalikdan nogiron 
farzandlarni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan onalar, nogiron bolalar 
uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, 
harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari, 
ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy 
xodimlari, qariyalar, nogironlar va yolg‘iz fuqarolarga xizmat 
ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar va boshqalar) 
uchun yoshga doir (qarilik pensiyasi) imtiyozli tarzda tayinlanadi. 
Pensiya yoshiga etgan, lekin to‘liq mehnat stajiga ega 
bo‘lmaganlarga, agar u (hozirda 7 yil, istiqbolda bosqichma-
bosqich oshirish rejalashtirilgan, avval 10 yil, keyin 12 yil, 
keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab berilgan 
mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi 
rejalashtirilgan) yildan kam bo‘lmasa, to‘liqsiz staj bo‘yicha 
yoshga doir pensiya belgilanadi. 
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil 
etishdagi 
o‘zgarishlar, 
xodimlar 
soni 
(shtati) 
yoki 
ish 
xususiyatining 
o‘zgarishiga 
olib 
kelgan 
ishlar 
hajmining 
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan 
ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 
yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, 
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan 
taqdirda yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin olish 
huquqiga ega bo‘ladilar. 
Yoshga doir pensiyalar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan 
qat’iy nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan 
ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat 
etgan kishining tanlovi bo‘yicha) hisoblangan bir oylik o‘rtacha ish 


560 
to‘lanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda 
beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. 
Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan 
bo‘shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha 
nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda 
beriladi. Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling