Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va
to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi. Xodim ishdan bo‘shatilishining noto‘g‘riligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqqandan so‘ng, nafaqa to‘lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun to‘lanadi. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Ishni vaqtinchalik to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil 547 bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Xalq banki jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining alohida hisobini yuritadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini ko‘paytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablag‘lardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek‚ moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag‘lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlaridan, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar olinmaydi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya to‘lovlari oluvchi sifatida jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda merosga o‘tadi va merosxo‘rga bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi. uqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan berilgan jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida bunday to‘lovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to‘lanadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling