Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi. Davlat pensiyasi olish 
huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning 
mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik 
nafaqasi olish huquqiga egadirlar. 
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi vafot etganning oila 
a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega 
bo‘lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 
• oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga 
— nafaqaning 100 foizi; 
• oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 
foizi; 
• oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 
foizi. 
555 
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya 
xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli 
kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan 
chetlatilgan bo‘lsa nafaqa beriladi. Sil kasalligi yoki kasb 
kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda 
boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‘lib, u tibbiy-maslahat 
komissiyasi (TMK) xulosasi (bunday komissiyalar bo‘lmagan 
joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash muassasasining 
bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida 
vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. 
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to‘lanadigan ishga 
o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat 
davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda beriladigan ish 
haqiga qo‘shilganda avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib 
ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Bunda kasb kasalligi 
oqibatida boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u 
amaldagi qonun hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi 
ish haqi o‘rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega 
bo‘lmasa beriladi. Basharti, kasallik varaqasida ko‘rsatilgan 
muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan 
bo‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‘tgan ish kunlari uchun 
nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi. 
Reabilitatsiya muassasalarida bo‘lgan barcha vaqt uchun va 
unga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa to‘lanadi. Mavsumiy va 
vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlarga mehnatda 
mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa umumiy 
asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish 
to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ish kunlari 
doirasida to‘lanadi. 
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
bo‘yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb 
kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch 
oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan 1941-1945 
yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga 
tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat 
yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarish 
bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan shaxslarga 


554 
Sanatoriy-kurortda 
davolanishda, 
agar 
asosiy 
va 
qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli 
bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda 
davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish 
muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo 
xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. 
Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin 
foydalangan bo‘lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda 
beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun 
xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi. 
1941-1945-yillardagi 
urush 
nogironlariga, 
baynalminal 
jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda 
qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni 
davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‘tkir miokard 
infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning 
aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik 
kasalligi, o‘n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o‘t 
pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, 
shuningdek‚ sil kasalligi bilan og‘riganlarga nafaqa sanatoriyda 
bo‘lgan barcha vaqt uchun beriladi. 
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan 
ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning 
sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-
kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi 
to‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda nafaqa beriladi. 
Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan 
nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib, 
bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish 
bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki 
qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) 
nafaqa beriladi. 
Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga 
muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun 
beriladi. O‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak 
bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun 
beriladi. 
551 
Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan 
taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash 
uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va 
mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib 
chiqqan holda belgilanadi. 
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega 
bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa 
tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi 
ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning 
umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling