Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat krediti klassifikatsiyasi


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

23.2. Davlat krediti klassifikatsiyasi 
 
Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv 
organlari qarz mablag‘larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir.
Qarz mablag‘larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz 
shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, bir tomon 
(qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga 
ma’lum belgilarga ega bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa 
buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul 
mablag‘lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi 
buyumlarni 
qarz 
beruvchiga 
qaytarish 
majburiyatini 
oladi. 
Shartnoma bo‘yicha qarz oluvchi davlat yoki uning subyektlari, qarz 
567 
Davlat kreditining mazmun-mohiyati uning bajaradigan 
funksiyalari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Moliyaviy kategoriya 
sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
• taqsimlash; 
• tartibga solish; 
• nazorat. 
Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning 
markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, 
haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalanish 
amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida 
maydonga chiqib, o‘z xarajatlarini moliyalashtirishni qo‘shimcha 
mablag‘lar 
bilan 
ta’minlaydi. 
Sanoati 
taraqqiy 
etgan 
mamlakatlarda 
davlat 
qarzlari 
byudjet 
defitsitini 
moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Shuning 
uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari orqali olinadigan 
tushumlar byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning soliqlardan 
keyingi ikkinchi metodidir. Bu narsa soliq tushumlarining oshishiga 
nisbatan byudjet xarajatlari o‘sish sur’atlarining yuqoriligi bilan 
izohlanadi. 
Kapital xaraktyerdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag‘lar 
hisobidan moliyalashtirish ma’lum chegaralarda ijobiy ahamiyatga 
ega. Masalan, maktab yoki kutubxona uzoq muddatga
xizmat 
qilganligi uchun bir emas, bir necha avlodning ehtiyojlarini 
qondirishi mumkin. Shunday ekan, nega ularning qurilishi maktab 
va kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning 
soliqlari hisobidan bir necha yilga to‘lanishi kerak? Bunday 
holatlarda ana shunga o‘xshagan obyektlarni qurish bilan bog‘liq 
bo‘lgan moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan 
foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha avlodning zimmasiga yuklash 
oqilonadir. O‘z navbatida, moliyalashtirish manbalarini vaqt 
nuqtayi nazaridan uzaytirish (cho‘zish) o‘sha muddatga zayomlar 
chiqarish yo‘li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktab yoki 
kutubxona qurayotgan avlod keyingi avlod bilan bir xil moliyaviy 
yukni o‘z elkasida ko‘tarishiga erishiladi. Chunki bu holda ular 
tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz, ular 
bo‘yicha foizlar ham qaytariladi. 
Shunday qilib, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy 
ta’siri natijasida, vaqt nuqtayi nazaridan, soliq yuki og‘irligining 
nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari 


568 
hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar 
miqdori oshmaydi va uning og‘irgi ortmaydi. Aks holda, ya’ni 
xarajatlarni moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan 
mablag‘lar jalb qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar teng 
bo‘lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning 
og‘irligini orttirish evaziga moliyalashtirish mumkin. Shuning 
uchun ham olingan kreditlar qaytarilayotgan paytda soliqlar ularni 
to‘lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bo‘yicha foizlarni 
qaytarish uchun ham olinadi.
Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy, lekin yagona 
manba emas. Bunday xarajatlarni moliyalashtirish manbalari 
mablag‘lardan foydalanishning yo‘nalishlariga bog‘liq. Agar davlat 
tomonidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib 
bitkazilgan obyekt ishga tushganidan so‘ng foyda keltira 
boshlaydiki, uning hisobidan, jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi 
mumkin. Bu holda soliq yuki og‘irligining kuchaytirilishiga hech 
qanday hojat qolmaydi. 
Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan 
unumsiz foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki ijtimoiy 
xarajatlar moliyalashtirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai 
soliqlar yoki yangi qarzlar bo‘lishi mumkin. Oldin chiqarilgan 
zayomlarni 
qaytarish 
uchun 
davlatning 
yangi 
zayomlarini 
joylashtirilishiga davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish deyiladi. 
Davlatning qarz olishi natijasida soliq og‘irligining kuchayishi 
ularning muddatiga va qarz oluvchi tomonidan to‘lanadigan 
kreditlarning foizlari darajasiga bog‘liq. Investor uchun davlat 
qarzining daromadlilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, davlat 
shunchalik 
katta 
soliqlar 
qismini 
ularni 
qaytarish 
uchun 
yo‘naltirishga majbur. Davlat qarzining o‘lchami qanchalik katta 
bo‘lsa, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ularga xizmat qilish 
uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘larning salmog‘i shuncha yuqori 
bo‘ladi. 
Davlat o‘z krediti orqali kredit munosabatlariga kirisha turib, 
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda pul muomalasining holatiga, pullar 
va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab 
chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni 
tartibga solish vositasi sifatida davlat kreditidan ongli ravishda 
foydalanib, u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. 
569 
Davlat qarzlarni investorlarning turli guruhlari o‘rtasida 
joylashtirib, pul muomalasini tartibga soladi; jismoniy shaxslarning 
mablag‘larini jalb qilib, ularning to‘lovga qobiliyatli talabini 
kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, 
masalan, investitsiyalar moliyalashtirilsa, muomaladagi naqd pul 
massasining mutlaq qisqarishi sodir bo‘ladi. Shuningdek, davlat 
krediti hisobidan o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari 
moliyalashtirilsa, aholining to‘lovga qobiliyatli talabining tarkibiy 
tuzilishi o‘zgarsada muomaladagi naqd pul massasi o‘zgarmasdan 
qolaveradi. 
Davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning 
garovi asosida kreditlar berish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan 
amalga oshiriladigan operatsiyalar mamlakat tijorat banklari 
likvidligini tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. 
Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, 
davlat qarziy mablag‘larga bo‘lgan talabni oshiradi va buning 
hisobidan kredit baholarining ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Davlatning talabi qancha yuqori bo‘lsa, boshqa sharoitlar teng 
bo‘lgan taqdirda, ssuda foizining darajasi shuncha yuqori bo‘ladi 
va tadbirkorlar uchun kredit shunchaga qimmatlashadi. Qarz 
mablag‘larining qimmatligi ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlar 
investitsiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning o‘zida, u 
davlat 
qimmatli 
qog‘ozlarini 
sotib 
olish 
ko‘rinishidagi 
jamg‘armalarni rag‘batlantiradi. 
Ma’lum chegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab 
chiqarishga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar mamlakatda 
erkin kapitallar yyetarli darajada bo‘lsa, ular to‘liq qo‘shib 
olingunga qadar salbiy ta’sir darajasi nolga teng bo‘lib qolaveradi. 
Shundan keyingina moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda 
foizining o‘sishida o‘z ifodasini topadi, pul jamg‘armalarining katta 
qismini unumsiz foydalanishga jalb qilinishi esa iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini susaytiradi. Davlat kreditor va kafil sifatida faoliyat 
ko‘rsatib, xorijdan qarzga olingan mablag‘lar hisobidan milliy 
ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga keltirib, ishlab 
chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoati 
taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes, mahsulot eksporti yoki 
ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi kuzatilayotgan alohida 
mintaqalarda tegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan 
berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan kafolatlanishi yo‘li bilan 
ishlab chiqarishni rag‘batlantirish tizimi keng tarqalgan.


592 
sug‘urta kompaniyasi), ikkitasi davlat mablag‘lari ishtirokida 
tashkil etilgan bo‘lib, aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilgan 
(“O‘zagrosug‘urta” va “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik 
jamiyatlari). Aksariyat sug‘urta tashkilotlari mas’uliyati cheklangan 
jamiyat, shu jumladan xorijiy investitsiya ishtirokidagi mas’uliyati 
cheklangan jamiyati tarzida tashkil etilgan. Masalan, “EVROASIA 
INSURANCE” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma 
korxona, “IShONCh” banklararo sug‘urta kompaniyasi mas’uliyati 
cheklangan jamiyati maqomiga ega. 
Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug‘urta 
tashkilotlari ko‘plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug‘urta 
qildiruvchilar oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish 
uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning 
faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususan, sug‘urta 
faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi – O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlarining 
to‘lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab 
chiqilgan. Shuningdek, sug‘urta tashkiloti rahbarlari va bosh 
buxgalteriga nomzodlar uchun malakaviy talablar o‘rnatilgan. 
Bundan tashqari, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish, sug‘urta 
tashkilotlarining investitsiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha ham 
me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
moliya 
vazirligi 
sug‘urta 
tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi 
maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib hisoblanadi. 
Sug‘urta 
tashkilotlari 
sug‘urta 
faoliyatidan 
boshqa 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Buni 
shu bilan tushuntirish mumkinki, sug‘urta tashkilotlari savdo-
vositachilik operatsiyalari bilan shug‘ullansa, bu holat, pirovardida, 
uning to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Sug‘urta 
faoliyati 
to‘g‘risida”gi Qonunida sug‘urta tashkilotlarining huquq va 
majburiyatlari ko‘rsatilgan. Mazkur qonunga asosan sug‘urtalovchi 
quyidagi huquqlarga ega: 
- qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda 
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; 
577 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili 
uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda 
davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini 
tasdiqlaydi. 
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga 
hamda davlat qarzining ko‘payishiga olib keladigan boshqa 
harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u 
vakolat bergan organ (odatda, Moliya vazirligi yoki Markaziy 
bank) tomonidan amalga oshiriladi. 
Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi 
mablag‘larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga 
oshirilishi mumkin: 
• iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu 
jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 
• davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi 
tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik 
ichki tafovutni (farqni) to‘g‘rilash; 
• mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish; 
• byudjet defitsitini moliyalashtirish; 
• tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli 
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash. 
Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag‘larini jalb 
qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish 
mumkin. Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar 
kiradi: 
• qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), 
o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga 
chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga 
chiqariladigan) davlat g‘aznachilik qog‘ozlari; 
• kreditlar (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli); 
• O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 
• byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik 
farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; 
• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. 
Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin 
bo‘lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan 
yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo‘yicha asosiy 
kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada 
muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag‘larini jalb qilish uchun 
milliy fond bozorida talabga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar 


578 
emissiya
qilinadi. Investorlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun 
esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi. 
Davlatning 
tashqi 
qarzlari 
boshqa 
mamlakatlarning 
valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday 
qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo‘lgan mamlakat 
investorlarining o‘ziga xos bo‘lgan manfaatlari hisobga olinadi. 
Amaliyotda qarziy mablag‘larni jalb qilish, asosan, ikki yo‘l 
bilan amalga oshiriladi: 
• qarziy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish; 
• ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish. 
Qarziy qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va ularni 
joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali 
tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq, faqat mamlakat 
hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar davlat 
qimmatli qog‘ozlari deb e’tirof etiladi. 
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining 
tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga 
oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi: 
• byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy 
shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish; 
• Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o‘tkazishni 
ta’minlash; 
• tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga 
solishni amalga oshirish. 
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va 
mamlakatning 
ichki 
qarzini 
tashkil 
etuvchi 
hukumatning 
majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va 
shu valyutada to‘lanishi kerak. Shunga o‘xshash, qimmatli 
qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning 
tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy 
valyutada ifodalanishi va shu valyutada to‘lanmog‘i lozim. 
Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag‘larni jalb 
qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. 
Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi 
qarzlari kitobini yurgizadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling