Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Qarz chiqarilgan paytda belgilangan (o‘rnatilgan) qarzni


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

8. Qarz chiqarilgan paytda belgilangan (o‘rnatilgan) qarzni 
qaytarish 
muddatlariga 
qat’iy 
rioya 
qilish 
bo‘yicha 
qarzdorning majburiyatlariga muvofiq
• muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo‘lgan majburiyatlar; 
• muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo‘lmagan 
majburiyatlar. 
Moliyaviy bozorda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan paytda qarz 
majburiyatlarini muddatidan oldin qaytarish (uzish) masalasi alohida 
dolzarblik kasb etadi. Masalan, qarz oluvchi yillik qat’iy daromadli 
12%li obligatsiyalar chiqargan va bir yildan so‘ng foiz stavkasi 
pasayib, 6%ga teng bo‘lgan bo‘lsin. Bunday vaziyatda qarzdor 
keskin yo‘qotishlarga, investor esa aksincha, katta yutuqlarga ega 
bo‘ladi. Agar obligatsiyalar muddatidan oldin qaytarish huquqiga 
ega holda chiqarilgan bo‘lsa, yangi qarzni chiqarish va ularni 


572 
bir yildan o‘n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq 
muddatlar uchun mablag‘larni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar 
yordamida amalga oshiriladi. 
5. Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab
• garovli; 
• garovsiz bo‘ladi 
Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. 
Xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat 
organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. 
Garovsiz obligatsiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning 
ta’minlanish asosi bo‘lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat 
organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv 
organlari, 
odatda, 
garovsiz 
obligatsiyalarni 
muomalaga 
chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda yuqori bo‘lganligi uchun 
ular qo‘shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi. 
6. To‘lanadigan daromadning xarakteri bo‘yicha
• yutuqli qarz majburiyatlari; 
foizli qarz majburiyatlari
• nol kuponli qarz majburiyatlari. 
Yutuqli obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarning to‘lanishi 
lotareyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalar katta 
talabga ega emas. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas
balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar 
esa lotareya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarz 
majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo‘lib, ular bo‘yicha 
daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to‘rt marta to‘lanadi. 
Investorlarning ko‘pchiligi ana shunday qarz majburiyatlarini ma’qul 
ko‘rishadi. 
Davlatning qisqa muddatli qarz instrumentlari kuponlarga ega 
emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal 
bo‘yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarz majburiyatlari 
ham kuponlarga ega bo‘lmasligi mumkin. Ular bo‘yicha barcha 
daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda to‘lanadi. 
Xuddi qisqa muddatli obligatsiyalar singari ular ham nominalidan 
chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo‘yicha sotib olinadi. 
Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini 
olgan. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling