Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat kreditini boshqarish


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
23.3. Davlat kreditini boshqarish 
 
Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma’nolarda ko‘rib 
chiqish mumkin. Keng ma’noda davlat kreditini boshqarish 
deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning 
faoliyati 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lgan 
uning 
moliyaviy 
siyosati 
yo‘nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi. 
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan biri sifatidagi davlat 
kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari 
qo‘lidadir. Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va 
demak, uni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan qarzlarning 
hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga 
ta’sir qilishning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlarini hamda kichik 
biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qo‘llab-quvvatlash 
563 
Agar oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami 
daromad miqdori joriy davrda belgilangan eng kam ish haqining 
1,5 barobaridan kam bo‘lsa, maxsus komissiya oilaning moddiy 
va mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi. 
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan 
sanadan boshlab o‘n kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy 
holatini o‘rganib chiqadi, shundan keyin tegishli nafaqa yoki 
moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi 
xulosani fuqarolar yig‘iniga yoki Komissiyaga kiritadi. 
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan 
kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan 
holda, ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va 
to‘lash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish 
uchun fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, 
bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki 
moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi 
uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har 
bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga 
kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha 
oylik daromadlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarda 
daromad summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki eng kam oylik ish 
haqining 2,5 baravaridan kam summa ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda 
oilaning o‘rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun 
daromadni normativdan past ko‘rsatgan yoki daromadi mavjudligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har 
biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda 
belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravariga teng 
bo‘lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi. Ushbu qoida 
bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bilan band 
bo‘lgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), ta’lim 
muassasalarida o‘qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq 
ishlarni amalga oshirish hollari bundan mustasno), ishlamaydigan 
pensionerlarga, amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini 
yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zosiga, tuman (shahar) bandlikka 
ko‘maklashish markazlarida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan 
fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va 
moddiy yordam fuqarolar yig‘ini yoki Komissiyaning qarori 
bayonnomasi asosida to‘lanadi. Tegishli nafaqalar va moddiy 


564 
yordamni to‘lash Xalq bankining bo‘linmalarida (filiallarida) 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus bank 
hisob raqamlariga o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo‘yicha aks 
ettirilgan holda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga amalga 
oshiriladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling