Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Ishsizlik nafaqasi. Ushbu nafaqa 1998-yil 1-may kuni 
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan 
ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tayinlanadi. Ishsizlik 
nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi. 
Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga 
to‘lmagan ishsiz erkaklarga 
ishsizlik nafaqasi ular haq 
to‘lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan 
taqdirda tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ularga mahalliy mehnat 
organida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va 
to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan ishdan va ish haqidan 
(mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan 
ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga 
harakat qilayotgan shaxslarga o‘n ikki oylik davr mobaynida 
yigirma olti kalendar hafta, ilgari ishlamagan va birinchi bor ish 
qidirayotgan shaxslarga esa o‘n ikki oylik davr mobaynida o‘n uch 
kalendar hafta to‘lanadi. 
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har 
ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga 
yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini 
oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart. Ishdan va 
ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar 
uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o‘rtacha 
ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik 
nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi 
miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi. Qaramog‘ida o‘n olti yoshga 
to‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan ishsiz shaxslarga 
nafaqa miqdori o‘n foizga oshiriladi. 


552 
Ish haqiga koeffitsiyentlar belgilangan joylarda yashovchi 
shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning 
shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab 
chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsiyentni 
qo‘llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab 
chiqishda rayon koeffitsiyentlarini qo‘llash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bandlik 
va 
mehnat 
munosabatlari 
vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum 
bo‘lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan 
shaxslarga oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining ellik foizi 
miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish 
haqidan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston 
Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan 
miqdorda ishsizlik nafaqasi to‘lash kafolatlanadi.
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati 
organlaridan bo‘shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum 
bo‘lgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Harbiy 
xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan 
bo‘shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat 
qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida 
hisoblab chiqariladi. 
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik 
nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat 
organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish 
imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam ish haqining kamida etmish besh foizi 
miqdorida nafaqa to‘lash kafolatlanadi.
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini 
qayta 
boshlashga 
harakat 
qilayotgan 
ishsiz 
shaxslarga 
mutaxassisligi bo‘lgan shaxslar uchun, shuningdek o‘n ikki oy 
mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi o‘n ikki kalendar 
haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga 
joylashishi uchun kasbga qayta o‘rgatishni yoki malakasini 
oshirishni talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam 
ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda va boshqa hollarda, shu 
jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat 
organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka 
553 
oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida 
belgilangan 
eng 
kam 
ish 
haqining 
etmish 
besh 
foizi 
miqdoridamiqdorda nafaqa to‘lash kafolatlanadi. 
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan 
o‘tgandan, 
malaka 
oshirishni 
tugatgandan 
keyin 
qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan 
miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling