Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


  22.3. Ijtimoiy nafaqalar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 


548 
22.3. Ijtimoiy nafaqalar 
Ijtimoiy nafaqalarning turli ko‘rinishlari aholining ijtimoiy 
himoyalash tizimida muhim o‘rin egallaydi. Ularning tarkibi 
Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV 
infektsiyasiga chalingan shaxslarga, pensiya tayinlash uchun 
zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga 
layoqatsiz 
fuqarolarga, 
homiladorlik 
va 
tug‘ish, 
farzand 
tug‘ilganda, bola parvarishi va boshqa holatlar bo‘yicha 
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun, kam 
ta’minlanganlik, ishsizlik nafaqalardan va boshqalardan iborat 
bo‘lishi mumkin. 
Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan 
OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa. Ushbu 
nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-
yil 7-aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni 
tasdiqlash haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi. 
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari 
(TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II 
guruh nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, 
kasallikning bosqichidan qat’iy nazar, o‘n sakkiz yoshga 
to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek 
nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan 
taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo 
bo‘lgandan so‘ng biron-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan 
vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. 
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. 
Bunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan 
shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun 
belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqani tayinlash Nafaqani 
tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman 
(shahar) bo‘limlari tomonidan, moliyalashtirish uchun mablag‘lar 
davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
557 
• hibsda bo‘lgan davrda; 
• sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining 
davomiyligidan qat’iy nazar ish haqining 100 foizi miqdorida 
quyidagilarga to‘lanadi: 
• ishlayotgan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga; 
• baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa 
shaxslarga; 
• qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 
uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga; 
• Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda 
qatnashgan xodimlarga; 
• Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish 
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi 
organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, 
rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan 
xodimlarga; 
• mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, 
onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli 
o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov 
(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan 
xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan 
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda 
to‘lanadi: 
• umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish 
haqining 100 foizi miqdorida; 
• umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish 
haqining 80 foizi miqdorida; 
• umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 
60 foizi miqdorida. 
Yuqorida 
ta’kidlangan 
xodimlardan 
tashqari 
qolgan 
xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa 
quyidagi miqdorlarda to‘lanadi: 


556 
vaqtincha 
mehnatga 
qobiliyatsizlik 
nafaqasi 
(mehnatda 
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket 
to‘rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. 
Agar 
ishlovchi 
nogironning 
vaqtinchalik 
mehnatga 
qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli 
yuz bersa, nafaqa u to‘la sog‘aygunga yoki mehnatda mayiblanish 
yoxud kasb kasalligi bilan bog‘liq nogironlik guruhi qayta ko‘rib 
chiqilgunga qadar to‘lanadi. 
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
bo‘yicha nafaqa shaxs to‘la sog‘aygunga qadar, lekin ko‘pi bilan 
10 oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda 
yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko‘pi 
bilan 6 oyga beriladi. TMEK ko‘rigidan belgilangan muddatda 
qayta o‘tmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan 
muddatlarga to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri 
kelganda nafaqa to‘lanmaydi: 
• ish haqi saqlanmagan ta’til; 
• bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til; 
• ish vaqtincha to‘xtatilgan; 
• xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash 
to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan; 
• harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini; 
• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil 
olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til. 
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) 
lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi 
hollarda berilmaydi: 
• ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida 
o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka 
solganda; 
• giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida
shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish 
natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda); 
• jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda; 
• sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda 
(ruhiy kasallardan tashqari); 
549 
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda 
murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta 
bolalikdan nogironga nafaqa nogironlikning butun davriga 
tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan 
muddatga tayinlanadi. OIV infeksiyasiga chalingan shaxsga 
nafaqa u o‘n sakkiz yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga 
tayinlanadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling