Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi 
hollarda beriladi: 
• vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq 
kasallikda (shikastlanishda); 
• sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 
• kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda; 
• karantinda; 
• sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga 
o‘tkazilganda; 
• mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) 
qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash 
uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi. Vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati 
yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-
mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik 
belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat 
shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi. 
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, 
magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani 
tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga 
nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. 
Ish haqi, sutkalik va ko‘chish bo‘yicha xarajatlarni olish huquqiga 
ega bo‘lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan 
mehnatga 
qobiliyatsizlik 
kunlari 
uchun 
nafaqa 
to‘lanadi. 
Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va 
qo‘shimcha) ta’til davriga to‘g‘ri kelgan hollarda, vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlar 
uchun nafaqa to‘lanadi. 


576 
Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunida davlat 
qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘ni va 
xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston 
Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi”dir deb, ta’rif berilgan.
Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo‘linadi: 
• davlat ichki qarzlari; 
• davlatning tashqi qarzlari. 
Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish natijasida 
vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig‘indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari 
deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish 
natijasida 
vujudga 
kelgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
majburiyatlarining yig‘indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy 
instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va 
qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi. 
Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag‘larni 
jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki 
mablag‘larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-
yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning 
natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi 
yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) 
to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. 
Odatda, davlat o‘z rezidentlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z 
vaqtida bajara olmagan davrda ham ichki qarz vujudga keladi. 
Masalan, biror bir korxona ijtimoiy obyektni o‘zining yoki jalb 
qilingan mablag‘lari hisobiga quradi. Ammo, davlat u korxonani o‘z 
vaqtida moliyalashtirib bera olmaydi. Shuningdek, byudjet 
muassaslarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarga ish haqi 
bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Mana shunday vaziyat qaror 
topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik ichki qarzi payda 
bo‘ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994-2000 yillarda 
qisman qaror topgan edi.
Shunga o‘xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat 
tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. 
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish aktivlarni xorij 
manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan 
va xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning 
natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki 
qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga 
kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi. 
561 
ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi. Fuqarolar yig‘ini tomonidan 
ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy 
yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega. 
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi 
bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlarini mablag‘ bilan 
ta’minlash manbalari hisoblanadi: 
• mahalliy byudjetlar mablag‘lari; 
• byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya 
jamg‘armalari, korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy 
xayr-ehsonlari va boshqalar). 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va 
moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad 
miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan 
eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan 
oilalarga tayinlanadi. 
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha 
nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega: 
• ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan 
esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar; 
• ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar; 
• 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni 
tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan 
beva ayollar (beva erlar); 
• nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar; 
• bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan 
onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada 
ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organi belgilaydi; 
• ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish 
izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda 
turgan oilalar; 
• yolg‘iz pensionerlar. 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va 
moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga 
murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi. Bola 
parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi 
bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik 
muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar 
ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal 


562 
etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig‘iniga takroran 
murojaat etish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy 
yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza 
beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga 
davom ettirilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. 
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza 
oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to‘lash 
muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy 
murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Bolali 
oilalarga 
nafaqa 
va 
moddiy 
yordam 
ariza 
beruvchining doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i 
yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi 
asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi 
yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. 
Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan 
taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma 
arizasisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining 
taqdimnomasi bo‘yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga 
nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash 
(ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa 
muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola 
parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini 
bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, 
oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan taqdirda nafaqa va 
moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo‘yicha 
tayinlanishi mumkin. 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va 
moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza uch bosqichda ko‘rib 
chiqiladi. 
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan 
sanadan boshlab uch kun muddatda ariza beruvchi tomonidan 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etilgan 
ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 
oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi. 
575 
bo‘yicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga 
muvofiqligini aniqlaydi. 
Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi 
va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi 
sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning 
kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy 
bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo‘lgan yuqori foiz 
stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat 
qilish bo‘yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini 
o‘ziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat 
qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv 
organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof 
etilayapti. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling