Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
24-BOB. SUG‘URTA 

24.1. Sug‘urta haqida tushuncha va uning o‘ziga 
xos xususiyatlari 
 
Ma’lumki, turli ko‘ngilsiz hodisalar, xususan, zilzila, suv 
toshqini, qurg‘oqchilik, yer ko‘chkisi, sel, kuchli shamol, do‘l va 
shunga o‘xshash tabiiy ofatlar qadimdan insoniyat boshiga katta 
kulfatlar keltirgan. Keyinchalik ishlab chiqarishning rivojlanishi, 
sanoatning yangi bosqichga ko‘tarilishi turli texnogen tusdagi 
xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan. 
Jamiyatning barcha jabhalari taraqqiy etishi barobarida 
fuqarolarning 
bir 
maromda 
hayot 
kechirishlariga 
va 
korxonalarning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar ham kengaya boshladi. Mana bir misol. 
Sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat va jamiyat 
o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga, birinchi galda, ekologik 
vaziyatning tang ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘ldi. To‘g‘ri, 
insoniyat tabiatning injiqliklariga ko‘nikib yashashga o‘rgangan, 
ammo, shu bilan bir qatorda tabiiy ofatlar, yong‘in va boshqa 
noxush hodisalar ro‘y berishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar, 
yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham 
harakat qilgan. Hatto, insoniyat taraqqiyotining dastlabki 
bosqichlarida hayot kechirgan ajdodlarimiz bunday ko‘ngilsiz 
hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar 
va nobudgarchiliklardan saqlanish choralarini ko‘rganlar. Ana 
shunday choralardan biri sifatida qurg‘oqchilikdan saqlanish 
maqsadida suv omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. 
Har ehtimolga qarshi zaxiralarni yaratish va oldindan ko‘rib 
bo‘lmaydigan 
hamda 
insoniyatning 
ongi 
bilan 
boshqarib 
bo‘lmaydigan ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi oqibatida yuzaga 
kelgan zararlarning o‘rnini qoplash hozirgi zamon sug‘urta 
munosabatlarining asosini tashkil etadi. 
Tabiiy ofatlar, yong‘in va boshqa noxush hodisalar yuz 
berishi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashda 
sug‘urta muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urta 
tushunchasiga turlicha ta’riflar keltirilgan. Ulardan eng keng 
tarqalgani “yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hisobidan 
581 
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning 
markazlashtirilgan 
investitsion 
resurslarini 
tanlov 
asosida 
joylashtirishda 
investitsion 
loyihalarning 
samaradorligini 
baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda 
yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim: 
• ijroiya hokimiyat organlarining import bo‘yicha sotib olinishi 
rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida 
tayyorlashning iloji yo‘qligi va ularni import bo‘yicha sotib olish 
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; 
• ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko‘rsatilgan 
holda qarz mablag‘larini to‘liq qaytarishning moliyaviy hisob-
kitoblari; 
• da’vogarda avans to‘lovlarini amalga oshirish uchun o‘z 
mablag‘lari borligining tasdiqlanganligi. 
Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat 
organlari va barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo‘lgan 
uchinchi shaxslarning iltimosnomalari hamda yuqori likvidli 
qimmatli qog‘ozlar garovi asosida taqdim etiladi. Ta’minotning 
bunday turlari riskning baholanishiga bog‘liq bo‘lgan holda turli 
kombinatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. 
Ssudalarning miqdori tanlovdan o‘tgan loyiha uchun uni 
moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, 
uning 40%dan) oshmasligi lozim. Moliyalashtirishning boshqa 
qismi byudjet manbalariga muqobil bo‘lgan manbalar hisobidan 
qoplanishi kerak. 
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog‘liq va 
notijoriy 
xaraktyerga ega 
bo‘lgan 
investitsion 
loyihalarni 
moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100% 
moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin. 
Davlat 
tomonidan 
xorijiy 
davlatlarga, 
ularning 
yuridik 
shaxslariga va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar 
deyilganda ular bo‘yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari 
va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida davlat oldida vujudga 
kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi. 
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat 
oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to‘g‘risidagi 
qonunda bu qarzlarga tegishli bo‘lgan quyidagilar tasdiqlanishi 
kerak: 
• xorijiy davlatlarning qarzlari bo‘yicha qaytarilish (uzilish) 
summalari va foizlarining to‘lovi; 


582 
• moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining 
miqdori; 
• xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining 
maksimal hajmi; 
• moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va 
kreditlashtirish miqdorlari ko‘rsatilgan holda kreditlar ro‘yxatidan 
iborat bo‘lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish 
dasturi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling