Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Sug‘urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

24.3. Sug‘urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari 
 
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug‘urta fanida 
ham “sug‘urta bozori” va “sug‘urta xo‘jaligi” yangi tushunchalardir. 
Shunga qaramay aytish mumkinki, “sug‘urta bozori” tushunchasi 
o‘ziga nisbatan bir muncha umumiy hisoblangan “sug‘urta 
xo‘jaligi” tushunchasining pog‘onalaridan biri bo‘lib, sug‘urta 
xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog‘liq. “Sug‘urta xo‘jaligi” sug‘urta 
sohasidagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, sotish va iste’mol qilish 
bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidan iborat. Umumjahon 
xo‘jaligi miqyosida “jahon sug‘urta xo‘jaligi” atamasini qo‘llash 
mumkin. Ana shu ma’noda “sug‘urta 
xo‘jaligi” sug‘urta 
tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, 
boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlarni, shuningdek, sug‘urta 
tashkilotlarining 
yoki 
sug‘urta 
bozorining 
boshqa 
turdagi 
subyektlarining sug‘urtaga oid faoliyatini davlat tomonidan tartibga 
solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda sug‘urtadan 
foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy 
adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug‘urta iqtisodiyoti” va 
“jahon sug‘urta iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi. 


606 
sug‘urtalovchilar uchun majburiydir. Biznes sohasi uchun sug‘urta 
xizmatlari ko‘rsatishning standartlari standart tushunchalar va 
sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standart shartlaridan iboratdir. 
Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari, agar qonun 
hujjatlarida yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, biznes sohasi uchun sug‘urta 
xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Sug‘urta 
shartnomasi 
tuzilayotganda 
sug‘urtalovchi 
iste’molchiga (tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash shartnomasini 
tuzmoqchi bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) 
quyidagilar haqida haqqoniy va to‘liq axborotni taqdim etishi shart: 
a) sug‘urtalovchi haqida (oshkora axborotni); 
b) sug‘urtalovchi nomidan va topshirig‘iga binoan faoliyat 
ko‘rsatayotgan sug‘urta vositachilari (sug‘urta agentlari) haqida 
(agar iste’molchi tomonidan bunday talab mavjud bo‘lgan 
taqdirda); 
d) sug‘urta xizmati, ya’ni uning narxi (sug‘urta mukofoti), 
qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik 
omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida; 
e) sug‘urta xizmatining iste’molchi uchun afzalliklari va 
kamchiliklari haqida; 
f) sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari 
haqida; 
g) sug‘urta mukofotlari (badallari) va mablag‘larning 
kutilayotgan qaytarilishi haqida (qo‘llanilishi mumkin bo‘lganda); 
h) sug‘urta da’volarini hal etish tartibi va sug‘urta 
shartnomasining boshqa shartlari haqida. 
Sug‘urtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim 
shartlar 
(pozitsiyalar) 
bo‘yicha 
aniq 
va 
ravshan, 
yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki 
tegishli elektron tashuvchilarda bo‘lishi shart.
2009-yilning 7-aprelidagi O‘zbekiston Respublikasi moliya 
vazirligining buyrug‘iga asosan “Aktuar xizmatlarni ko‘rsatish 
tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan va bu hujjat 2009-yilning 26- 
iyunida Adliya vazirligida 1975-son bilan ro‘yxatga olingan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonuniga muvofiq sug‘urta tashkilotlari bir yilda bir marta moliya 
yili yakunlangandan so‘ng keyingi yilning olti oyi ichida aktuar 
tashkilotining kuzatuvidan o‘tishlari shart. Aktuar kuzatuvi 
595 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
29- 
sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, 
ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-
5197-son Farmoniga asosan sug‘urta faoliyati turlariga qarab
sug‘urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab 
belgilandi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling