Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Ta’minot o‘lchami va shakllarining o‘tgan (qilingan)


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

3.Ta’minot o‘lchami va shakllarining o‘tgan (qilingan) 
mehnatga nisbatan bog‘langan holda o‘rnatish (belgilash) 
prinsipi – bu ijtimoiy ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shart-
sharoiti, ish haqi va mehnat hamda ijtimoiy faoliyatning boshqa 
omillarga nisbatan bog‘liq ravishda amalga oshirilishini taqozo 
etadi. Bu prinsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o‘z ifodasini 
topadi, chunki unga ko‘ra pensiya va nafaqalarning ko‘plab turlari 
ish haqiga nisbatan hisoblanadi. 
4.Taqdim etilayotgan ta’minot turlari va xizmatlarning 
juda xilma-xilligi prinsipi – bu pensiya va nafaqalar, ishga 
joylashtirish, sog‘liqni mustahkamlash bo‘yicha turli-tuman 
tadbirlar, kasallanishdan ogohlantirish, uning oldini olish va uni 
kamaytirish, nogironlar va qariyalarni internat-uylarga joylashtirish, 
moto-velokolyaskalar va avtomobillar bilan ta’minlash, pro-
tezlashtirish va h.k.lar orqali namoyon bo‘ladi. 
5.Ijtimoiy ta’minotni boshqarish va tashkil qilishning 
demokratik xarakterdaligi prinsipi – bu ijtimoiy ta’minotning 
barcha masalalarini yechishda namoyon bo‘ladi. Bunda kasaba 
uyushmalarining roli, ayniqsa, yuqoridir. Ularning vakillari pensiya 
tayinlash komissiyalarining ishida bevosita ishtirok etadi. Mahalliy 
hokimiyat organlarining ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash 
bo‘yicha doimiy komissiyalari ham mehnatkashlarning ijtimoiy 
ta’minoti bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiradi. 
 
22.2. Davlat pensiyasi va jamg‘arib boriladigan pensiya 
 ta’minoti 
 
Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha choralarning tarkibida 
davlat pensiyalari muhim o‘rin egallaydi. Pensiya ta’minotining 
ijtimoiy ahamiyati shu bilan aniqlanadiki, hozirgi paytda 
O‘zbekistondagi ko‘plab qariyalar, nogironlar va ularning oila 
a’zolari, 
boquvchisini 
yo‘qotganlarning 
hayotiy 
muhim 
manfaatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bozor munosabatlariga o‘tilishi munosabati bilan davlat pensiya 
tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi. Pensionerlarning daromadlari 


536 
doimiy ravishda baholarning darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik 
bo‘yicha (yoshga doir) pensiyaning o‘rtacha miqdori hayotning 
yashash darajasidan ancha past. Shu munosabat bilan iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti 
bo‘yicha huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini kuchaytirish va 
pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish 
maqsadida mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda. 
Pensiya 
tizimini 
isloh 
qilishning 
negizida 
pensiya 
to‘lanmalarini 
moliyalashtirishning 
jamg‘ariladigan 
prinsiplari 
asosida 
tashkil 
qilish 
yotadi. 
Unga 
muvofiq 
ravishda 
pensiyalarning 
quyidagi 
uch 
darajasini 
o‘rnatish 
ko‘zda 
tutilmoqda: 
• jamg‘ariladigan pensiyalar – yollanib ishlaydiganlarga 
beriladi, butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga 
nisbatan ajratmalar va bu ajratmalarni saqlab o‘z oborotida 
foydalanganligi uchun ular tomonidan to‘lanadigan foizlar 
hisobidan amalga oshiriladi; 
• ijtimoiy pensiyalar – o‘zlariga pensiya to‘lanmalarining 
to‘lanishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jamg‘armagan va 
hayot kechirish uchun zaruriy mablag‘larga ega bo‘lmagan 
shaxslarga umumiy soliqlar yoki majburiy ajratmalar hisobidan 
to‘lanadi; 
• qo‘shimcha pensiyalar – alohida toifadagi ish beruvchilardan 
undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy 
ravishda o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 
Sekin-astalik bilan, oxir-oqibatda, jamg‘ariladigan pensiya 
pensiyaning asosiy ko‘rinishiga (turiga) aylanmog‘i lozim. 
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida “Fuqarolarning 
davlat 
pensiya 
ta’minoti 
to‘g‘risida”gi 
Qonuniga 
muvofiq 
pensiyaning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinayapti: 
• yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi
• boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling