Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Boshqa to‘lovlar
Byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarining shakllanish tartibi va manbalari. Jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi 103 : 1. Majburiy to‘lovlar va badallar: • belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari; • alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari; • fuqarolarning sug‘urta badallari (2019-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilindi); • jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug‘urta badallari; • majburiy ajratmalar (2019-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilindi); 2. Boshqa to‘lovlar: • boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek‚ mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning 103 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010-yil 19--evraldagi 30-son qarori 507 moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qilish; • topshiriqlar, vedomostlar va pochta o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar jo‘natilishi va etkazib berilishi bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash; • Jamg‘arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi. Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Jamg‘armaning tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo‘yicha Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Jamg‘arma Kuzatuv kengashining raisiga bo‘ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori: • Jamg‘arma faoliyatiga rahbarlik qiladi; 506 • har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor axborotni; • tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishli bo‘ladi: • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg‘arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; • Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash; • vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish; • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Jamg‘armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini eshitish; • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ijro etuvchi direktorini, uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish; • Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Pensiyalar tayinlash bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limi komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; • Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish, uni o‘z vaqtida 503 davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari; • dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari; • hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari); • yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga yyetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar; • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar. Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlarning ko‘pchiligi bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanmayapti, asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling