Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 1) Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi; 2) jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan: • korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalarini (shu jumladan, yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan mablag‘lar; • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar; • Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; • tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar; 514 • xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi bo‘yicha tushumlar; • protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari; • davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari; • Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilishidan tushumlar; • sud qarorlari bo‘yicha tushumlar; • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Ushbu mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Jamg‘armaga barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling