Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Jamg‘arma  mablag‘larini


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Jamg‘arma 
mablag‘larini 
shakllantirish 
manbalari 
quyidagilardan iborat: 
• O‘zbekiston 
Respublikasining 
asosiy 
makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash 
vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan 
strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon 
narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar; 
• davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga 
sotishda 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
byudjeti 
daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan 
ortiqcha tushadigan mablag‘lar; 
• Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan 
Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan 
keladigan daromadlar; 
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar. 
Jamg‘armaning mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada 
shakllantiriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
Jamg‘arma hisobvaraqlariga tushgan mablag‘larni ular tushgan kuni 
amalda bo‘lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo‘yicha chet el 
valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg‘armaning valyuta 
hisobvarag‘iga o‘tkazadi. Soliq va to‘lovlarning ayrim turlari bo‘yicha 
mablag‘larni Jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkazish belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari tushumi 
manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari har yili belgilangan 
tartibda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va 
Jamg‘arma balansida aks ettiriladi. 
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun 
foydalaniladi: 
• avvalo yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, 
mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa 


522 
to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarib 
bermaslik asosida mablag‘larni beradi; 
• yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda 
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga 
investitsiya kiritadi (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 
25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda); 
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha va 
Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya 
loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab 
chiqish uchun grantlar hamda foizsiz kreditlar beradi, ajratilgan 
kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha 
Jamg‘arma kreditini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan taqdirda, 
ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo‘shiladi; 
• yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar 
hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni 
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha imtiyozli 
kreditlar beradi; 
• moliyalashtirish shartlari va Jamg‘arma mablag‘larini 
qaytarish mexanizmi to‘g‘risida imzolanadigan bosh bitimlar 
asosida, har bir tijorat banki uchun har yili belgilanadigan limitlar 
doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi; 
• Jamg‘arma 
mablag‘laridan 
maqsadli 
va 
samarali 
foydalanilishi va tijorat banklariga berilgan mablag‘larning o‘z 
vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib boradi 
hamda kelib tushish manbalari va ulardan foydalanishning asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritadi; 
• tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi har qanday 
ma’lumotni olish huquqiga ega bo‘lgan holda, tijorat banklari va qarz 
oluvchi 
korxonalar 
zimmasiga 
yuklatilgan 
majburiyatlarning 
bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganadi. 
• Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish 
tartibini takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga 
oshiradi; 
• Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘z 
vakolatlari doirasida choralar ko‘radi yoki belgilangan tartibda 
takliflar kiritadi; 
519 
byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi 
qayd etildi. Shuningdek, 2019-yilning 1-yanvaridan tugatilayotgan 
davlat maqsadli jamg‘armalarining 2019-yil 1-martgacha bo‘lgan 
davr uchun xodimlariga to‘lanadigan ish haqi, kompensatsiya 
to‘lovlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetining 
qo‘shimcha 
manbalari 
hisobidan 
amalga 
oshirilishi, 
shuningdek, 
Respublika 
yo‘l 
jamg‘armasi tomonidan avval jalb qilingan xorijiy kreditlarni 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qaytarilishi qayd 
etildi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling