Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasi 
daromadlarining shakllanish tartibi va manbalari. Jamg‘arma 
daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi
103

1. Majburiy to‘lovlar va badallar: 
• belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari; 
• alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari; 
• fuqarolarning sug‘urta badallari (2019-yil 1-yanvardan 
boshlab bekor qilindi); 
• jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug‘urta badallari; 
• majburiy ajratmalar (2019-yil 1-yanvardan boshlab bekor 
qilindi); 
2. Boshqa to‘lovlar: 
• boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek‚ mehnatda 
mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan 
bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan 
pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar 
(da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning 
103
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010-yil 19--evraldagi 30-son 
qarori
507 
moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan 
nazorat qilish; 
topshiriqlar, vedomostlar va pochta o‘tkazmalari bo‘yicha 
to‘lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va 
boshqa to‘lovlar jo‘natilishi va etkazib berilishi bo‘yicha 
xizmatlarga haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash; 
• Jamg‘arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga 
va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan davlat tomonidan 
kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq boshqa 
funksiyalarni amalga oshirish. 
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg‘arma Kuzatuv 
kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, belgilangan tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 
lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro 
etuvchi direktor Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi 
va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob 
beradi. Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari va 
o‘rinbosari Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi 
bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
bilan lavozimga tayinlanadi. 
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg‘arma ijro etuvchi 
direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va 
lavozimdan ozod etiladilar. 
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, 
Jamg‘armaning 
tuman 
(shahar) 
bo‘limlari 
boshliqlari 
Jamg‘armaning tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining 
taqdimnomasi bo‘yicha Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori 
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 
Jamg‘armaning 
ijro 
etuvchi 
apparati, 
uning 
hududiy 
boshqarmalari 
va 
tuman 
(shahar) 
bo‘limlari 
yagona 
markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning 
yuqori boshliqlarga hamda Jamg‘arma Kuzatuv kengashining 
raisiga bo‘ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi. 
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori: 
• Jamg‘arma faoliyatiga rahbarlik qiladi; 


506 
• har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — 
hududlar bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, 
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor 
axborotni; 
• tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik 
va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — 
mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. 
Jamg‘armaning 
Kuzatuv 
kengashi 
Jamg‘armani 
boshqarishning 
yuqori 
organi 
hisoblanadi, 
uning 
tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 
Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar 
tegishli bo‘ladi: 
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan 
holda Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz 
parametrlarini, shuningdek Jamg‘arma xarajatlarining har yilgi 
smetasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; 
• Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining 
amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish va 
tasdiqlash; 
• vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va 
boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg‘arma vakolatiga 
tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish; 
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 
Jamg‘armaga 
majburiy 
ajratmalar, 
badallar 
va 
boshqa 
to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash to‘g‘risidagi 
axborotini eshitish; 
• O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasiga 
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktorini, uning o‘rinbosarlarini 
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida 
taqdimnoma kiritish; 
• Jamg‘armaning 
hududiy 
boshqarmalari 
to‘g‘risidagi 
namunaviy nizomni tasdiqlash; 
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasining 
Pensiyalar 
tayinlash 
bo‘yicha 
tuman 
(shahar) 
bo‘limi 
komissiyalari 
to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; 
• Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa 
Jamg‘arma 
daromadlarini 
shakllantirish, 
uni 
o‘z 
vaqtida 
503 
davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; 
• “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq 
muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash 
xarajatlarini 
qoplash 
uchun 
o‘tkaziladigan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bandlikka 
ko‘maklashish 
davlat 
jamg‘armasi 
mablag‘lari; 
• “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq 
tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash 
hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari; 
• dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari; 
• hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda 
majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida 
to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat 
soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik 
ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini 
ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga 
undiriladigan summalardan tashqari); 
• yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi 
(shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki 
tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib 
bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha 
shikast yetkazilgan xodimga yyetkazilgan zararni qoplash uchun 
to‘lanadigan summalar; 
• qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu 
jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va 
ixtiyoriy badallar.
Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlarning ko‘pchiligi bugungi kunda 
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanmayapti, 
asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling