Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

21.2. Pensiya jamg‘armasi 
 
Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo‘g‘inlar ichida davlat 
byudjetidan keyin hajmi va iste’molchilarni qamrab olish ko‘lami 
hamda ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan 
markazlashgan jamg‘armalardan biri bu byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga dastlab O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 
“O‘zbekiston Respub-likasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida 
Pensiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 459-sonli 
qaroriga muvofiq asos solingan. Har bir yangi tashkil etilgan 
markazlashgan jamg‘arma oldiga muayyan maqsad qo‘yilgani 
bois, ushbu jamg‘arma oldiga ham zarur maqsad qo‘yildi. 
Jumladan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bosh 
maqsadi – davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti 
tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, daromadlarga 
mo‘ljallangan majburiy badal, yig‘im va ajratmalarni to‘liq yig‘ilishini 
ta’minlash, shuningdek, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun 
moliyalashtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida va to‘liqligicha 
ta’minlashga erishish hisoblanadi. 
2019-yil 1-yanvar holatiga binoan, O‘zbekiston Respub-
likasida pensionerlar soni – 3485869 nafarni tashkil etdi. 
Shundan: 2618503 nafar yoshga doir pensionerlar; nogiron 
pensionerlar 370626 nafar va boquvchisini yo‘qotgan pensionerlar 
173922 nafarni tashkil etmoqda. Ushbularni ijtimoiy himoya qilish 
va manzilli yordam berish, o‘z navbatida, Byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasini tashkil etishga asos bo‘ladi.
Byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasining 
asosiy 
vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3- 
sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida”gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd 
etilgan qonunning 2-moddasida quyidagi ko‘rinishdagi davlat 
pensiyalari zikr etilgan: 
– yoshga doir; 
– nogironligi bo‘yicha; 


500 
– boquvchisini yo‘qotganligiga ko‘ra. 
1995-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1289–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996-yil 1- 
yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko‘rsatayotgan va ish 
bajarayotgan pensionerlar uchun mo‘ljallangan, belgilangan 
pensiyaning 50% to‘lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd 
etish joizki, ushbu tartib 2019 moliya yilidan boshlab bekor qilindi. 
Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga 
tenglashtirilganlar, I va II-guruh nogironlari, Chernobil halokatini 
bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga 
ko‘ra 
alohida 
kasb 
egalari 
bo‘lgan 
(masalan, 
shifokor-
pensionerlar, mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy 
gvardiya, milliy xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, 
umumta’lim muassasalari va maktabgacha tarbiya muas-
sasalarida faoliyat olib borayotgan pensionerlar, mahalla oqsoqoli 
va boshqalar) ishlayotgan pensionerlar kabi ishlayotgan barcha 
pensionerlar to‘liq 100% miqdorda olinishi belgilandi
102

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 
1991-yil 14-yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya jamg‘ar-
masining O‘zbekiston jumhuriyat bo‘limi tashkil etilgan. Ijtimoiy 
ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda 
ijtimoiy sug‘urta mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishi 
ustidan 
nazoratni 
kuchaytirish 
maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba 
uyushmalari federatsiyasi Kengashining 1993-yil 4-avgustdagi 
391-son qaroriga muvofiq, sobiq SSSR Pensiya jamg‘armasining 
O‘zbekiston Respublika bo‘limi negizida Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilgan. Unga 
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish 
bo‘yicha, farzand tug‘ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni 
to‘lashga yo‘naltiriladigan davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari 
berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada 
takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning 
to‘liq kelib tushishi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha 
pensiya va nafaqalarni to‘lashga xarajatlarni o‘z vaqtida moliyaviy 
ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining mas’uliyatini 
oshirish 
maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
102
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va 
pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi ” 2018 yil 
12 dekabrda qabul qilingan PF-5597-son Farmoni.
509 
31-dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror jamg‘arma daromadlarini 
shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib 
turuvchi me’yoriy hujjat bo‘lib hisoblandi. Davr o‘tishi bilan va 
bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga 
bosqichma-bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni 
qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga ham mos ravishda ijobiy 
o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib borildi. 
1998-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi 
bandligi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul 
qilinishi va hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasining mavqeini yanada kuchaytirishga turtki bo‘ldi. 
Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb 
nomlanishining o‘ziyoq jamg‘armani yanada takomillashtirishga
resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va 
foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash bo‘yicha 173-
sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi bandligi 
to‘g‘risida” va “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi (hozirgi kunda ushbu 
Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul 
qilinishi munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab 
chiqildi. 
2016-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli Qarori 
qabul qilinib, unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka 
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va 
ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi hamda 
unga muvofiq jamg‘armaning mablag‘larini shakllantirish va 
ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari belgilanib olindi. 
2017-yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 3001-
sonli Qarori qabul qilindi va unda O‘zbekiston Respublikasi 
Bandlikka 
ko‘maklashish 
davlat 
jamg‘armasi 
mablag‘larini 
shakllantirish manbalari va mablag‘larini sarflashning asosiy 
yo‘nalishlari qayd etildi. 


508 
• o‘z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning 
o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) 
bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma o‘rtasida lavozim vazifalarini 
taqsimlaydi; 
• o‘z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman 
(shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma tomonidan bajarilishi 
majburiy 
bo‘lgan 
buyruqlar, 
yo‘riqnomalar 
chiqaradi 
va 
ko‘rsatmalar beradi; 
• belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi va xodimlarning 
soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga 
o‘zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Jamg‘armaning tarkibiy 
boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi; 
• Jamg‘armaning 
ijro 
etuvchi 
apparati 
xodimlarini, 
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent 
shahridagi 
boshqarmalarining 
boshliqlari 
o‘rinbosarlarini, 
Jamg‘armaning 
tuman 
(shahar) 
bo‘limlari 
boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; 
• pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi 
yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va 
belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi; 
• Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat 
banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga 
joylashtiradi; 
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni 
amalga oshiradi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling