Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

21.3. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan 
barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armalari tashkil etiladi. Jamg‘armaning 
hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat yo‘nalishlari har bir 
alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan 
kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, davlat tasarrufi va 
uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi. 
“O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo‘llab-quvvatlash 
davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil 
501 
Mahkamasining 1996-yil 27- dekabrdagi 459-son qaroriga asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy 
sug‘urta jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy 
ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy 
ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida 
tegishli hududiy bo‘linmalari va bo‘limlari bo‘lgan Pensiya 
jamg‘armasi 
tashkil 
etilgan. 
Pensiya 
ta’minoti 
tizimidagi 
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi 
bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi 
boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va 
nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish 
samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son qaroriga 
muvofiq, 2001-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi 
Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi 
O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston 
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)ga 
pensiyalar, shuningdek‚ ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan 
to‘lanadigan nafaqalarni o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash 
funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
2004-yil 21-oktyabrdagi 490-son qaroriga asosan, 2005-yil 1- 
yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi 
huzuridagi 
Pensiya 
jamg‘armasiga 
aylantirilgan. 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti 
tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar 
va 
ijtimoiy 
nafaqalarni 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasidan o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to‘liq 
hajmda to‘lash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya 
ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi 
ustidan 
nazoratni 
kuchaytirish 
maqsadida, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son 
Farmoniga 
muvofiq, 2010-yilning 
1-yanvaridan 
boshlab 
pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va 
boshqa to‘lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to‘lanishini 
hisobga olish va monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 


502 
jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga 
oshirilishi belgilangan. 
2005-moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy 
ta’minot vazirligi, so‘ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan 
umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston 
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) 
tasarrufiga o‘tkazildi. 
2004-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 
490-sonli 
“Byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
Qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg‘armasi 
2005-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
maqomini oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqaruv kengashi va uning 
tarkibi ham belgilandi.
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasini 
tezkor 
muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direksiya tasdiqlangan.  

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling