Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Pensiya, nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Pensiya, nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish 
tartibi. 
Amaldagi 
me’yoriy 
hujjatlarga 
muvofiq 
Pensiya 
jamg‘armasi quyidagi yo‘nalishlarga xarajat qilinadi
104

1) ishlamaydigan fuqarolarga: 
104
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2010-yil 19-fevraldagi 30-son 
qarori 


504 
• davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik 
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); 
• qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan 
moliyalashtiriladigan 
kompensatsiya 
to‘lovlari 
va 
boshqa 
to‘lovlarni to‘lash uchun; 
2) ishlaydigan fuqarolarga: 
• davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik 
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); 
• dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni 
moliyalashtirish 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi
105
);
• 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan 
biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni 
uchun to‘lovlar; 
• qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan 
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar 
uchun sarflanadi. 
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, 
ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni 
moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari 
tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari 
ochiladi. 
Jamg‘armaning 
hududiy 
boshqarmalari 
to‘lov 
to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va 
ishlaydigan 
fuqarolarga 
pensiyalar, 
ijtimoiy 
nafaqalar, 
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun 
mablag‘larga 
bo‘lgan 
ehtiyoj 
hajmini 
belgilaydi 
hamda 
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim 
etadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan 
tartibda: 
• joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji 
hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; 
• joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning 
taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. 
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy 
nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni 
aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
105
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat 
byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul 
qilingan PQ-4086 son Qarori 28-band. 
505 
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning 
buyurtmanomalari 
bo‘yicha 
ishlaydigan 
pensionerlarga 
pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag‘lari davlat 
byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning 
ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga 
mablag‘larni moliyalashtiradi. 
Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun 
hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va 
vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi. 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15-iyundan 
kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun 
xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma 
xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va 
foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va 
xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati 
tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga 
ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga 
uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning 
ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: 
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — 
mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining 
tasdiqlangan asosiy parametrlarini; 
• Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) 
bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga 
Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini 
(yo‘nalishlarini) etkazadi. 
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan 
ko‘rsatkichlarini bajarish: 
• yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar 
va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan 
— davlat soliq xizmati organlari tomonidan; 
• Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va 
to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli 
ravishda 
sarflash, 
shuningdek 
Jamg‘arma 
mablag‘laridan 
maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) 
bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro 
etuvchi apparatiga: 


528 
• Uning daromadlari qanday manbalar hisobidan tashkil topadi? 
• Jamg‘armada shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan 
qanday chora-tadbirlar moliyalashtiriladi? 
• Jamg‘arma moliyaviy resurslarining to‘liq shakllanishi va 
maqsadli foydalanishi uchun qaysi organlar javobgar hisoblanadi? 
• Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to‘liq 
jamg‘arma daromadiga o‘tishini nazorat qilish kimlarning 
zimmasiga yuklatilgan? 
• Jamg‘armaning asosiy maqsadi nimalardan iborat? 
• Uning asosiy vazifalari qilib nimalar belgilangan? 
• Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish qanday asosiy 
moliyaviy manbalar hisobidan vujudga keladi?
• Jamg‘arma mablag‘larini sarflash qanday yo‘nalishlar 
bo‘yicha amalga oshiriladi? 
• Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish 
jamg‘armasining asosiy maqsadi nimalardan iborat? 
• Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi 
mablag‘larini shakllantirish manbalari nimalardan iborat? 
• Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi 
mablag‘larini taqsimlash qanday amalga oshiriladi? 
• Respublika yo‘l jamg‘armasining faoliyatida qanday 
o‘zgarishlar ro‘y berdi? 
• Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy vazifalari 
nimalardan iborat? 
• Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy funksiyalari 
nimalardan iborat? 
• Tiklanish 
va 
taraqqiyot 
jamg‘armasi 
mablag‘larini 
shakllantirish manbalari nimalardan iborat? 
• Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan 
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? 
• “El-yurt umidi” jamg‘armasi qachon tashkil etildi? 
• Jamg‘arma 
mablag‘lari 
qanday 
manbalar 
hisobiga 
shakllanadi? 
• Jamg‘arma ta’limning qanday yo‘nalishlarini moliyalash-
tirishda ishtirok etadi? 
• 2018-yilga nisbatan 2019-yilda jamg‘armaga necha foiz ortiq 
mablag‘ yo‘nalitirsh ko‘zda tutilgan? 
513 
maqsadli jamg‘armasi hisoblanilib, 
uning 
asosiy vazifasi 
mablag‘larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda 
qo‘llab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga 
va tadbirkorlarning biznes yuritish asoslariga o‘qishini tashkil 
etishga yo‘naltirish hisoblanadi. Jamg‘armani boshqarish Davlat 
raqobat qo‘mitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi 
tomonidan amalga oshiriladi, boshqarma Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining daromadlari va 
xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha 
tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi, 
shuningdek, Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi 
hisobini yuritadi qonunchilikda ko‘zda tutilgan xarajatlarni amalga 
oshiradi, Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni 
tuzadi hamda Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling