Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
3-BOB. MOLIYAVIY TIZIM 

3.1. Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari 
 
Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va 
foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui 
moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish 
mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish
taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga 
moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish 
mumkin: xo‘jalik subyektlari, uy xo‘jaliklari, davlat va maxsus 
moliya institutlarining pul mablag‘larini taqsimlaydigan va 
ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog‘liq va 
birgalikda 
harakat 
qiladigan 
kategoriyalari, 
bo‘g‘inlari 
va 
sohalarining yig‘indisi moliyaviy tizim deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” 
tushunchasining 
taraqqiyoti 
natijasidir. 
Mamlakatda 
bozor 
islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay 
yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq 
etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan 
obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga 
muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga 
bo‘linadi
27

• davlat moliyasi va mahalliy moliya; 
• xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari 
va 
daromadlarni 
shakllantirishning 
konkret 
shakllari 
va 
metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. 
Masalan, 
davlat 
moliyasi 
va 
mahalliy 
moliya 
quyidagi 
bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin: 
• davlat byudjeti; 
• byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari; 
• davlat krediti. 
27
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko‘pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin 
qilingan edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., 
Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko‘ra, moliyaviy tizim odatda, ikki 
sohadan, ya’ni 1) korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat 
bo‘lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda 
T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliyaviy tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab 
chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan 
ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga 
mazmunan mos kelgan edi. 


112 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling