Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Moliyaviy oqimlarni boshqarish


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

4.3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 
Korxonalarning 
jamg‘armalari, 
daromadlari 
hamda 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar 
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul 
mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy 
oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida 
shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining 
o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli 
bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va 
moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo‘ladi. 
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular 
shakllantiruvchi 
moliyaviy 
resurslar 
fondining 
nimaga 
mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli moliyaviy 
oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim 
sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni 
boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga 
ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: 
• byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar – barcha darajalardagi 
byudjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish 
jarayonida vujudga keladi; 
• tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo‘jalik 
subyektlari tomonidan amalga oshiriladi; 
• nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining 
fondlarini shakllantiradi. 
Moliyaviy 
oqimlarni 
boshqarishning 
funksiyalari 
quyi-
dagilardan iborat: 
• qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida; 
• nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va 
mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va 
bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; 
• boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, 
soliq organlari, G‘aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-
kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; 
• nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga 
uchraganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy 
oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari 
tomonidan bajariladi.
97 
- aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va 
omonatlar bo‘yicha olinadigan daromadlar; 
- notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining 
yordami asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan 
olinadigan daromadlar; 
• tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik 
yordamlari; 
• ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o‘zida tushib 
turishi mumkin bo‘lgan tushumlar; 
• qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, 
ko‘ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo‘yicha 
o‘tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auksionlar, ko‘ngilxushlik, 
madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan 
tushumlar. 
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish 
manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, rivojlangan 
mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 
1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo‘lgan va 
o‘rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog‘i 
esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo‘lib, uning o‘rtacha 
darajasi 48%ga teng bo‘lgan. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari 
tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23%dan 
(Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o‘rtacha darajasi 41% 
atrofida edi. 
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning 
shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan 
hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida 
amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash 
bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo‘llab-
quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud: 
• to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; 
hamkorlikda moliyalashtirish
• davlat ijtimoiy buyurtmasi. 
Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shaklidan ham, 
ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari 
oldidagi to‘lovlari va boshqa shunga o‘xshash majburiyatlaridan 
ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. 
Bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardan 
iborat bo‘lishi mumkin: 
• soliq xarakteriga ega bo‘lmagan imtiyozlar; 


98 
soliqlardan imtiyozlar
• boshqa imtiyozlar. 
Soliq to‘lashda imtiyoz berish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi 
mumkin: 
• xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar; 
• homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. 
Boshqa imtiyozlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: 
• notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga 
olish, yer maydonlarini ajratish; 
• litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish; 
• aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to‘lashda imtiyozli 
tariflardan foydalanish; 
• va boshqalar. 
Davlat 
organlari 
notijorat 
tashkilotlarining 
faoliyatiga 
aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga 
mos kelayotgan bo‘lsa, xarajatlarning yo‘nalishiga o‘zgartirishlar 
kiritish huquqiga ega emas. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling