Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega
bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar. Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan tayinlanadi. Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir nafaqa, nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi bo‘yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng biron-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan, bugungi kunda 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga yetganlarida, ayollarga — 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi. Haq to‘lanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki 550 O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin. Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’iy nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi va to‘lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo‘qotilganda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmalari bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK yetti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo‘lgan I guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling