558
• umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan
xodimlarga
hamda 21 yoshga etmagan chin (sag‘ir) yetimlarga ish haqining
80 foizi miqdorida;
• umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining
60 foizi miqdorida.
Tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha
nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
• O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
kuchlari safidagi muddatli
xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng bir oy ichida kasal bo‘lib qolgan
sobiq harbiy xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam
ish haqi miqdorida;
• boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha
hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmasligi va
nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik boshlangan
kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa
hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan berilgan
ma’lumotnoma asosida hisoblangan
umumiy ish stajiga muvofiq
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: