Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi. Davlat pensiyasi olish
huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi: • oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning 100 foizi; • oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi; • oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi. 555 Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‘lsa nafaqa beriladi. Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‘lib, u tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) xulosasi (bunday komissiyalar bo‘lmagan joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo‘shilganda avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o‘rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega bo‘lmasa beriladi. Basharti, kasallik varaqasida ko‘rsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan bo‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‘tgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi. Reabilitatsiya muassasalarida bo‘lgan barcha vaqt uchun va unga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa to‘lanadi. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ish kunlari doirasida to‘lanadi. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan shaxslarga 554 Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo‘lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi. 1941-1945-yillardagi urush nogironlariga, baynalminal jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‘tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, o‘n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o‘t pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek‚ sil kasalligi bilan og‘riganlarga nafaqa sanatoriyda bo‘lgan barcha vaqt uchun beriladi. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib- kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda nafaqa beriladi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. O‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 551 Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling