Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat krediti klassifikatsiyasi
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
23.2. Davlat krediti klassifikatsiyasi
Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarz mablag‘larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir. Qarz mablag‘larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag‘lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. Shartnoma bo‘yicha qarz oluvchi davlat yoki uning subyektlari, qarz 567 Davlat kreditining mazmun-mohiyati uning bajaradigan funksiyalari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Moliyaviy kategoriya sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi: • taqsimlash; • tartibga solish; • nazorat. Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalanish amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida maydonga chiqib, o‘z xarajatlarini moliyalashtirishni qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlaydi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat qarzlari byudjet defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari orqali olinadigan tushumlar byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning soliqlardan keyingi ikkinchi metodidir. Bu narsa soliq tushumlarining oshishiga nisbatan byudjet xarajatlari o‘sish sur’atlarining yuqoriligi bilan izohlanadi. Kapital xaraktyerdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish ma’lum chegaralarda ijobiy ahamiyatga ega. Masalan, maktab yoki kutubxona uzoq muddatga xizmat qilganligi uchun bir emas, bir necha avlodning ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Shunday ekan, nega ularning qurilishi maktab va kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning soliqlari hisobidan bir necha yilga to‘lanishi kerak? Bunday holatlarda ana shunga o‘xshagan obyektlarni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha avlodning zimmasiga yuklash oqilonadir. O‘z navbatida, moliyalashtirish manbalarini vaqt nuqtayi nazaridan uzaytirish (cho‘zish) o‘sha muddatga zayomlar chiqarish yo‘li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktab yoki kutubxona qurayotgan avlod keyingi avlod bilan bir xil moliyaviy yukni o‘z elkasida ko‘tarishiga erishiladi. Chunki bu holda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz, ular bo‘yicha foizlar ham qaytariladi. Shunday qilib, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy ta’siri natijasida, vaqt nuqtayi nazaridan, soliq yuki og‘irligining nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari 568 hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori oshmaydi va uning og‘irgi ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag‘lar jalb qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og‘irligini orttirish evaziga moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham olingan kreditlar qaytarilayotgan paytda soliqlar ularni to‘lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bo‘yicha foizlarni qaytarish uchun ham olinadi. Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy, lekin yagona manba emas. Bunday xarajatlarni moliyalashtirish manbalari mablag‘lardan foydalanishning yo‘nalishlariga bog‘liq. Agar davlat tomonidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib bitkazilgan obyekt ishga tushganidan so‘ng foyda keltira boshlaydiki, uning hisobidan, jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi mumkin. Bu holda soliq yuki og‘irligining kuchaytirilishiga hech qanday hojat qolmaydi. Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki ijtimoiy xarajatlar moliyalashtirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai soliqlar yoki yangi qarzlar bo‘lishi mumkin. Oldin chiqarilgan zayomlarni qaytarish uchun davlatning yangi zayomlarini joylashtirilishiga davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish deyiladi. Davlatning qarz olishi natijasida soliq og‘irligining kuchayishi ularning muddatiga va qarz oluvchi tomonidan to‘lanadigan kreditlarning foizlari darajasiga bog‘liq. Investor uchun davlat qarzining daromadlilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, davlat shunchalik katta soliqlar qismini ularni qaytarish uchun yo‘naltirishga majbur. Davlat qarzining o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ularga xizmat qilish uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘larning salmog‘i shuncha yuqori bo‘ladi. Davlat o‘z krediti orqali kredit munosabatlariga kirisha turib, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda pul muomalasining holatiga, pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. 569 Davlat qarzlarni investorlarning turli guruhlari o‘rtasida joylashtirib, pul muomalasini tartibga soladi; jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb qilib, ularning to‘lovga qobiliyatli talabini kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, masalan, investitsiyalar moliyalashtirilsa, muomaladagi naqd pul massasining mutlaq qisqarishi sodir bo‘ladi. Shuningdek, davlat krediti hisobidan o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari moliyalashtirilsa, aholining to‘lovga qobiliyatli talabining tarkibiy tuzilishi o‘zgarsada muomaladagi naqd pul massasi o‘zgarmasdan qolaveradi. Davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning garovi asosida kreditlar berish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar mamlakat tijorat banklari likvidligini tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat qarziy mablag‘larga bo‘lgan talabni oshiradi va buning hisobidan kredit baholarining ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Davlatning talabi qancha yuqori bo‘lsa, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ssuda foizining darajasi shuncha yuqori bo‘ladi va tadbirkorlar uchun kredit shunchaga qimmatlashadi. Qarz mablag‘larining qimmatligi ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlar investitsiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning o‘zida, u davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish ko‘rinishidagi jamg‘armalarni rag‘batlantiradi. Ma’lum chegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar mamlakatda erkin kapitallar yyetarli darajada bo‘lsa, ular to‘liq qo‘shib olingunga qadar salbiy ta’sir darajasi nolga teng bo‘lib qolaveradi. Shundan keyingina moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda foizining o‘sishida o‘z ifodasini topadi, pul jamg‘armalarining katta qismini unumsiz foydalanishga jalb qilinishi esa iqtisodiy o‘sish sur’atlarini susaytiradi. Davlat kreditor va kafil sifatida faoliyat ko‘rsatib, xorijdan qarzga olingan mablag‘lar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga keltirib, ishlab chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes, mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi kuzatilayotgan alohida mintaqalarda tegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan kafolatlanishi yo‘li bilan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish tizimi keng tarqalgan. 592 sug‘urta kompaniyasi), ikkitasi davlat mablag‘lari ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilgan (“O‘zagrosug‘urta” va “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatlari). Aksariyat sug‘urta tashkilotlari mas’uliyati cheklangan jamiyat, shu jumladan xorijiy investitsiya ishtirokidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati tarzida tashkil etilgan. Masalan, “EVROASIA INSURANCE” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona, “IShONCh” banklararo sug‘urta kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati maqomiga ega. Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug‘urta tashkilotlari ko‘plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug‘urta qildiruvchilar oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususan, sug‘urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, sug‘urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga nomzodlar uchun malakaviy talablar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish, sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha ham me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlari sug‘urta faoliyatidan boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, sug‘urta tashkilotlari savdo- vositachilik operatsiyalari bilan shug‘ullansa, bu holat, pirovardida, uning to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida sug‘urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan. Mazkur qonunga asosan sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: - qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; 577 O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzining ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ (odatda, Moliya vazirligi yoki Markaziy bank) tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag‘larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin: • iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; • davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) to‘g‘rilash; • mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish; • byudjet defitsitini moliyalashtirish; • tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash. Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag‘larini jalb qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi: • qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat g‘aznachilik qog‘ozlari; • kreditlar (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli); • O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; • byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo‘lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo‘yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag‘larini jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar 578 emissiya qilinadi. Investorlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi. Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo‘lgan mamlakat investorlarining o‘ziga xos bo‘lgan manfaatlari hisobga olinadi. Amaliyotda qarziy mablag‘larni jalb qilish, asosan, ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: • qarziy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish; • ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish. Qarziy qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq, faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar davlat qimmatli qog‘ozlari deb e’tirof etiladi. Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi: • byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish; • Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o‘tkazishni ta’minlash; • tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va shu valyutada to‘lanishi kerak. Shunga o‘xshash, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy valyutada ifodalanishi va shu valyutada to‘lanmog‘i lozim. Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag‘larni jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini yurgizadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling