Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24.2. Sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari
23.5. Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida
Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli bo‘lib, unga muvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan tomonning (shaxsning) majburiyatlarini to‘liq yoki qisman uchinchi tomon 591 Majburiy sug‘urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy davlat sug‘urtasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan, majburiy sug‘urta esa yuridik yoki jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish, fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish, xorijga chiquvchi fuqarolarni sug‘urta qilish, tibbiy sug‘urta, uzoq muddatli hayotni sug‘urtalash, yuklarni sug‘urtalash kabi sug‘urta turlari ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi. 24.2. Sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari Sug‘urta kompaniyasi, sug‘urta tashkiloti va sug‘urtalovchi so‘zlari yagona ma’noni – sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida sug‘urta tashkiloti sug‘urtalovchi sifatida talqin etilgan. Fuqarolik kodeksida esa sug‘urta kompaniyasi sug‘urtalovchi, sug‘urta tashkiloti deb nomlangan. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida sug‘urta tashkilotiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi” 108 . Sug‘urta tashkiloti tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi shart. Unga litsenziyani maxsus vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi beradi. Sug‘urta tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi lozim. Sug‘urta tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkilotlari turli mulkchilik shakllarida tashkil etilishi mumkin. 2019-yil 10-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 30 ta sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega. Ularning bittasi to‘liq davlat tasarrufida (“O‘zbekinvest” eksport-import milliy 108 O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan birga). 590 - umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). Har bir sug‘urta tarmog‘i sug‘urta risklari va majburiyatlarining umumiy xususiyatlariga qarab sug‘urta klasslariga bo‘linadi. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 4 ta va umumiy sug‘urta sohasi 17 ta klassni o‘z tarkibiga oladi. Har bir sug‘urta klassi umumiy xususiyatlariga qarab bitta yoki bir nechta sug‘urta turlarini (mahsulotlarini) o‘z ichiga oladi. Sug‘urta tarmoqlariga oid sug‘urta klasslarining to‘liq nomlanishi 2002-yil 27-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan. Sug‘urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda majburiy sug‘urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: - harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi; - soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug‘urtasi; - davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish; - sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish; - Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlardagi qurilish risklarini majburiy sug‘urtasi; - xavfli ishlab chiqarish obyektiga ega korxonalarning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish; - transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish; - ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish; - tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish. 579 (shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) javob berishi uchun majburiyatni yozma ravishda o‘z zimmasiga oladi. Kafolatlar, odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o‘zining yuqori chegarasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatning milliy valyutasida ifodalangan kafolatlarning umumiy summasi davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi. Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni oluvchilarning (unga ega bo‘layotganlarning) moliyaviy ahvoli tekshirilmog‘i kerak. An’anaviy ravishda davlat aholining tijorat banklaridagi omonatlarini kafolatlaydi. Keyingi yillarda bozor munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda davlat turli yuridik shaxslarning qarziy majburiyatlari bo‘yicha ham kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda. Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlari mavjud bo‘lgan subyektlarga kafolatlar berilmaydi. Shuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida kafolat jamg‘armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg‘armani tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan kuchaymoqda. Agar avval byudjetdan moliyalashtirishga asosiy 580 e’tibor qaratilgan bo‘lsa, keyingi yillarda og‘irlik markazining kredit munosabatlari tomon o‘zgarayotganligi sezilib turibdi. Chunki kredit munosabatlari mablag‘lardan foydalanishda byudjet re- surslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali usul hisoblanadi. Davlatning kreditor sifatidagi o‘rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan belgilanadi. Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki ko‘rinishga ega (bu degani, hamma davlatlar amaliyotida ham bo‘lishi mumkin emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi mumkin): • byudjet kreditlari; • byudjet ssudalari. Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish shakli bo‘lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag‘ berilishini ko‘zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident- yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘dir. Byudjetdan qarz mablag‘larini oluvchilar quyidagilar bo‘lishi mumkin: • byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit tashkilotlaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish huquqiga ega emas (byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda); • davlat unitar korxonalari; • byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo‘lmagan yuridik shaxslar; • ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari. Byudjet kreditlarini qaytarish bo‘yicha ijroni ta’minlashning usullari faqat bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo‘lishi mumkin. Yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘larini qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun haqini to‘lash byudjet to‘lovlariga tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin berilgan byudjet mablag‘lari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tib ketgan qarzlari bo‘lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin. Moliya vazirligi kelgusi yil uchun byudjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo‘lgan byudjet kreditlarining umumiy hajmini aniqlaydi va investitsion loyihalarning tanlovini o‘tkazish uchun kelgusi moliya yilining boshlanishidan to‘rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga etkazadi. 589 maxsus pul jamg‘armasini tashkil etish va turli noxush hodisalarning sodir bo‘lishi natijasida ana shu shaxslarning hayoti va faoliyatiga yyetkazilgan zararlarni mazkur jamg‘arma hisobidan qoplash bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarga sug‘urta deyiladi” 106 . 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi” 107 . Ko‘rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi sifatida to‘laydigan sug‘urta mukofotlari hisobidan maxsus maqsadga mo‘ljallangan pul fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari sug‘urta tashkilotlarining tasarrufida bo‘ladi. Sug‘urta tashkiloti yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida yyetkazilgan zararlarni qoplaydi. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida yyetkazilgan zararlar, faqat, sug‘urta tashkiloti bilan tegishli sug‘urta shartnomasini tuzgan yoki sug‘urta polisini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga shartnomada ko‘rsatilgan xavf-xatarlar sodir bo‘lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug‘urta qoplamasini olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs sug‘urta mukofotini to‘lagan va shu asnoda pul fondini shakllanishida ishtirok etgan bo‘lishi kerak. Sug‘urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan: - hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); 106 Ermasov S.V., Ermasov N.B. Straxovanie: Uchebnoe posobie dlya vuzov. – M.: YuNITI-DANA, 2004. – 5 s. 107 O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.// Xalq so‘zi, 2002- yil, 28-may. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling