Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

24.5. Mol-mulk sug‘urtasi 
Yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish 
sug‘urta turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan sug‘urta shartnomalarini 
tuzish yoki sug‘urta polislarini rasmiylashtirish orqali amalga 
oshiriladi. Sug‘urta turlari obyekti va shakliga ko‘ra farqlanadi. 
Masalan, mulk sug‘urtasida sug‘urta obyekti sifatida yuridik va 
jismniy shaxslarga tegishli mol-mulklar, moddiy boyliklarni but 
saqlash bo‘yicha manfaat yuzaga chiqadi.
Mulkni sug‘urtalashning o‘zi bir qator sug‘urta turlarini o‘z 
ichiga oladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash, 
jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash va boshqalar 
mulkni sug‘urtalash turlariga misol bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda 
200 dan ziyod sug‘urta xizmatlari turlari ishlab chiqilgan va 
salohiyatli mijozlar e’tiboriga etkazilgan. Mamlakatimizda faoliyat 
ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari o‘rtacha 30-40 ta sug‘urta 
xizmat turlarini ko‘rsatadi. Sug‘urta xizmatlari turlari ixtiyoriy va 
majburiy shakllarda amalga oshiriladi.
Mulkiy sug‘urta hayot sug‘urtasidan tashqari umumiy 
sug‘urta tarmog‘ida eng asosiy sug‘urta turlarini o‘z tarkibiga 
oladi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, har qanday korxona, tashkilot 
yoki fuqaro o‘z mol-mulkini avaylab-asrashga harakat qiladi. 
Ammo, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan ko‘ngilsiz voqealarning 
tasodifan sodir bo‘lishi oqibatida bu mol-mulklar zararlanadi yoki 


626 
butunlay nobud bo‘ladi. Rejali iqtisodiyot tizimida barcha 
korxonalar davlat tasarrufida bo‘lganligi bois bunday voqelarning 
ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zararlar, aksariyat holatlarda, 
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplangan. 
Ammo, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan 
bog‘liq 
iqtisodiy 
islohotlar mulkiy munosabatlarni tubdan 
o‘zgartirib yubordi. Mulklar davlat tasarrufidan chiqarilishi tufayli 
xususiy va boshqa mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar 
barpo etildi. Tabiiyki, yangi sharoitda davlat xususiy sektordagi 
korxona va tashkilotlarning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan 
zararlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Bir tomondan, 
bozor sharoitida raqobatning mavjud bo‘lishi hamda turli ichki va 
tashqi xavf-xatarlar tadbirkorlik faoliyatini bir maromda amalga 
oshirishga tahdid solsa, ikkinchi tomondan, yuqori foyda olishga 
intilish katta tavakkalchiliklar qilishni talab etadi. 
Mulk sug‘urtasi sug‘urta tashkiloti va yuridik yoki jismoniy 
shaxs bilan tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq amalga 
oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-
moddasida sug‘urta shartnomasining muhim shartlari ko‘rsatilgan 
bo‘lib, sug‘urta tashkilotlari sug‘urta shartnomalarini tuzishda 
mazkur 
shartlarni 
e’tiborga 
olishlari 
lozim. 
Bu 
shartlar 
quyidagilardan iborat: 
Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan 
sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi 
lozim: 
sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa 
mulkiy manfaat to‘g‘risida; 
yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan 
voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida; 
sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; 
sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar 
shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi 
nazarda tutilgan bo‘lsa; 
sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati 
(muddatlari) to‘g‘risida; 
shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. 
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar 
ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta 
qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan 
639 
moddiy yordam bilan ta’minlaydi. Quyidagi holatlarning yuz 
berishi sug‘urta hodisalari deb hisoblanadi: sug‘urta qildirgan 
shaxsning (shartnomada belgilangan muddatgacha) yashashi 
yoki vafot etishi. Sug‘urtalash shartlari: sug‘urta qildirgan shaxs 
har oyda (har chorakda) cyg‘ypta mukofotlari to‘laydi. Ularning 
miqdori belgilangan tariflarga muvofiq aniqlanadi. Tariflar ikkita 
ko‘rsatkichga: 
sug‘urta 
qildirgan 
shaxsning 
yoshiga 
va 
sug‘urtalash 
davriga 
bog‘liq 
bo‘ladi. 
Bunda 
jamg‘arilgan 
resurslardan tashqari har oyda O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan 
holda bonus yozib boriladi. 
Shuni aytish kerakki, foiz stavkalari ancha yuqori bo‘lgan 
bank depoziti bu sug‘urta bilan raqobatlashadigan mahsulotdir. 
Depozitning afzalligi shundaki, mijoz shartnoma (talab qilib 
olinguncha saqlanadigan omonat) amal kilib turgan davrda 
daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg‘arib 
boriladigan usulda cyg‘yptalashda sug‘urta shartnomasi tuzilgan 
paytdan boshlab mijoz sug‘urta davrida o‘z mablag‘larining bir 
qismini olish huquqiga ega bo‘lmaydi. U shartnoma amal qilish 
muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin. 
Hayotni jamg‘arib boriladigan usulda sug‘urtalashning bank 
depozitiga nisbatan afzalligi ham bor. Fuqaroning hayoti 
sug‘urtalanganida sug‘urta qildirilgan shaxs shartnoma amal qilib 
turgan har qanday davrda vafot etgan taqdirda sug‘urta to‘lovlari 
amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo‘yicha bunday to‘lovlar yo‘q. 
Merosho‘rlar cyg‘ypta tashkilotidan butun sug‘urta summasini, 
ya’ni sug‘urta qildiruvchi cyg‘yptalash davri oxirida olishi kerak 
bo‘lgan summani oladilar. 
O‘zbekistonda 
amalda 
bo‘lgan 
“Sug‘urta 
faoliyati 
klassifikatori”ning hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga oid jami 4 ta 
klass mavjud bo‘lib, shu sohaga ixtisoslashgan sug‘urta 
kompaniyalari o‘z faoliyatlarini ana shu klasslar doirasida tashkil 
etadilar. Quyidagi hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga oid 
klasslarning tasnifi keltirilgan: 


638 
- fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish; 
- xorijga chiquvchi fuqarolarni sug‘urta qilish; 
- tibbiy sug‘urta; 
- bonus to‘lovli hayot sug‘urtasi; 
- ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash; 
- nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilish. 
Shaxsiy sug‘urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini 
umumiy 
sug‘urta 
sohasida 
faoliyat 
ko‘rsatuvchi 
sug‘urta 
tashkilotlari ham, hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyat 
ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari ham o‘tkazishlari mumkin. 
Ammo, so‘ngi uchta sug‘urta turi hayotni sug‘urta qilish sohasiga 
oid bo‘lib, ularni faqat shu sohada faoliyat yuritish uchun tegishli 
litsenziyaga ega sug‘urta tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin. 
2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 
hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan 6 ta sug‘urta tashkiloti 
(“O‘zbekinvest Hayot” va “Alfa life”, “New Life insurance”, “Agros 
Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat Hayot” sug‘urta kompaniyalari) 
faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Inson hayoti quvonch va tashvishlardan iboratligini yaxshi 
bilasiz. Ayniqsa, inson boshiga tashvish tushganda, aniqroq qilib 
aytganda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda u har doim moddiy 
ehtiyojlik sezadi. Hayot sug‘urtasi fuqarolarning ma’lum bir 
yoshgacha yashashi yoxud vafot etishi bilan bog‘liq xarajatlarni 
qoplash imokniyatini beradi. 
Shu jihatdan ta’kidlash mumkinki, hayot sug‘urtasi ijtimoiy 
himoyaning samarali vositasidir. Aslida, sug‘urta qildiruvchi 
shaxsning sug‘urta muddati tamom bo‘lgungacha yoki sug‘urta 
shartnomasida 
belgilangan 
yoshgacha 
yashashi, 
sug‘urta 
qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug‘urta summalarini to‘lash 
bo‘yicha sug‘urta tashkilotining majburiyatlarini nazarda tutuvchi 
va sug‘urta muddati bir yildan ortiq bo‘lgan sug‘urta turlariga hayot 
sug‘urtasi deyiladi. 
Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari sug‘urta 
tashkiloti va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladi. O‘zbekistonda 
hayot sug‘urtasining keng tarqalgan turlaridan biri hayotni 
jamg‘arib boriladigan tarzda sug‘urtalash hisoblanadi. Bu sug‘urta 
turi sug‘urta qildirgan shaxsni sug‘urta holati yuz bergan taqdirda 
627 
fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga 
nisbatan 
yomonlashtiradigan 
shartlarni 
o‘z 
ichiga 
olsa, 
shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining 
tegishli qoidalari qo‘llaniladi. 
Yuridik shaxslarning quyidagi mulklarini saqlash bilan 
bog‘liq ularning mulkiy manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul 
qilinishi mumkin: 
• binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlari;
• ishchi mashinalar, uzatish qurilmalari, quvvat beruvchi 
uskunalar; 
• inventar; 
• tovar zaxiralari, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i va 
boshqalar. 
Sug‘urtalanuvchiga mulk huquqi sifatida tegishli bo‘lgan mol-
mulklar ham, ijara va keyinchalik egalik huquqini berish sharti 
bilan qabul qilingan mol-mulklar ham sug‘urtalanishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yilning 27-noyabridagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 413-sonli qarorida “mol-
mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish” 8-klassga oid 
ekanligi ko‘rsatilgan. Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, 
tuproqning cho‘kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi, 
zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda 
yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi 
sug‘urta turlarining jami Hukumat qarori bilan tasdiqlangan 
“Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ning 8-klassiga mos keladi. Do‘l, 
qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik 
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki 
shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi 
sug‘urta turlari 9-klass doirasida amalga oshiriladi. 
Sug‘urta 
hodisalari 
sug‘urtalanuvchilarning 
qo‘pol 
ehtiyotsizligi, atayin xatti-harakati natijasida voqea sodir etilsa va 
uning natijasida mol-mulkka zarar yetkazilsa, bu zararlar 
sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydi. Shu yerda siyosiy risklarni 
sodir bo‘lishi oqibatida ko‘rilgan zararlar ham qoplanmasligini 
eslatib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz. 
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan “Sug‘urta faoliyati klas-
sifikatori”ga muvofiq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining 8-klassi - 
“Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish”da qayd 


628 
etilgan shartlarda, ya’ni yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, 
ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yerosti suvlari, sel, yashin 
urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk 
yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini 
ta’minlovchi sug‘urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. 
Shuningdek, mazkur klassifikatorning 9-klassi ham mol-mulklarni 
sug‘urta qilishga oid bo‘lib, u “Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish” 
deb ataladi. 9-klassning mazmuni 8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, 
qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik 
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki 
shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi 
sug‘urtaning turlari jamidan iborat. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mol-mulkni sug‘urta qilish 
huquqiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan 8 
va 9-klasslar bo‘yicha litsenziya olgan barcha sug‘urta tashkilotlari 
haqlidir.
Mol-mulkni sug‘urta qilish sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy 
munosabatlarini 
belgilab 
beruvchi 
xujjatdir. 
Shartnomada 
franshiza qo‘llanilishi mumkin. Franshiza - yuridik shaxslar 
ko‘rgan zararning muayyan qismi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz 
berganda sug‘urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar 
bo‘lmaydi va u to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta qoplamasidan 
chegirib tashlanadi. 
Sug‘urtalovchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli mol-
mulklarni yong‘in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko‘chki, bo‘ron, er 
cho‘kishi, ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilishi natijasida 
to‘liq yoki qisman nobud bo‘lganda sug‘urta qoplamasini, 
sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar esa sug‘urta mukofotini 
o‘z vaqtida to‘lash va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish 
majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar 
sug‘urta tashkiloti va yuridik shaxslar o‘rtasida mol-mulkni 
sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil 
etadi.
Suturtalovchining 
majburiyatlari 
sug‘urta 
mukofoti 
sug‘urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan 
e’tiboran kuchga kiradi. So‘ng sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga 
shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida beriladi.
637 
vaqtincha yoxud umrbod yo‘qotishi mumkin. Agar, fuqaro baxtsiz 
hodisalardan ehtiyoti shart sug‘urtalangan bo‘lsa, u holda sug‘urta 
tashkiloti fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro‘y berishi oqibatida 
kulfat tushganda unga moddiy ko‘mak beradi, shu fuqaroni 
oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Ayniqsa, tibbiy sug‘urtaning 
fuqarolarni ijtimoiy himoyalanishidagi ahamiyati katta. Fuqaro 
kasallikka duchor bo‘lganda tibbiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
davolanish, dori-darmon sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar 
sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lab beriladi. Bugungi kunda 
O‘zbekiston Respublikasidagi qator sug‘urta takshilotlari tibbiy 
sug‘urta turlarini amalga oshirmoqdalar. 
Shaxsiy sug‘urtada insonlarning hayoti, salomatligini saqlash 
bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi 
bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga 
erishilishi lozim: 
sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida; 
sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib 
sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning 
xususiyati to‘g‘risida; 
sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; 
sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati 
(muddatlari) to‘g‘risida; 
shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. 
Shaxsiy sug‘urta deganda insonning sog‘ligi, hayotini saqlash 
bilan bog‘liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urta turlari 
tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy 
sug‘urta sohasiga oid 1-klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart 
sug‘urta qilish” va 2-klassi “Kasallikdan ehtiyoti shart sug‘urta 
qilish” shaxsiy sug‘urta tarmog‘iga mansub. Shuningdek, hayotni 
sug‘urta qilish sohasining barcha klasslari doirasida amalga 
oshiriladigan sug‘urta turlari ham shaxsiy sug‘urta tarkibiga kiradi. 
Shaxsiy sug‘urtaga oid eng ommaviy sug‘urta turlariga quyidagilar 
kiradi: 


636 
-sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi; 
-sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalanuvchi qilgan 
ishlar; 
-zarar miqdori va sug‘urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug‘urta 
tovonining miqdori. Bunda tegishli ro‘yxat va summa ko‘rsatilishi 
kerak; 
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon 
miqdori. 
Mabodo zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sud qaroriga ko‘ra 
zarar 
aybdor 
shaxs 
tomonidan 
qoplanadigan 
bo‘lsa, 
sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. 
Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi: 
-agar sug‘urtalanuvchi zarar yetkazilishiga olib keluvchi xatti-
harakatlarni ataylab yoki qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan 
yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; 
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni 
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo‘lsa, 
tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar. 
Mabodo sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun 
aybdor 
yoki 
uchinchi 
shaxslardan 
tovon 
olgan 
bo‘lsa, 
sug‘urtalovchi sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan 
pul bilan aybdor yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul 
o‘rtasidagi farqning o‘zini to‘laydi. 
Shartnoma imzolagandan so‘ng tavakkalchilik darajasida ro‘y 
bergan va sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan 
barcha o‘zgarishlar sug‘urta tashkilotiga sug‘urta shartlarini 
o‘zgartirish hamda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishini talab 
qilish huquqini beradi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta 
mukofotini to‘lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma 
yuridik kuchini yo‘qotadi, to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib 
berilmaydi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling