Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Shaxsiy sug‘urta va uning turlari


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

25.6. Shaxsiy sug‘urta va uning turlari 
Sug‘urta o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy himoyaning 
muhim vositasi hisoblanadi. Masalan, baxtsiz hodisa ro‘y berishi 
natijasida fuqaro tan jarohati olish yoki mehnat qobiliyatini 
629 
Mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha yuridik shaxslar hamda 
sug‘urtalovchi 
o‘rtasida 
tuzilgan 
sug‘urta 
shartnomasida 
tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi. 
Sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning 
majburiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
• 
sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish uchun imkoniyat 
yaratib berish; 
• sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida to‘lash; 
• shartnoma 
tuzilayotganda 
sug‘urtalovchiga 
sug‘urta 
tavakkalchiligini baholash uchun ahamiyat kasb etuvchi o‘ziga 
ma’lum barcha holatlar haqida, shuningdek mazkur sug‘urta 
obyekti bo‘yicha tuzilgan yoki tuzilajak hamma sug‘urta 
shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot berish; 
• Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalangan mulkiga 
zarar yetkazilishining oldini olish va zararni kamaytirish uchun 
zarur choralarni ko‘rish va sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi sodir 
bo‘lganligi 
haqida 
sug‘urta 
shartnomasida 
ko‘rsatilgan 
muddatlarda xabar berish. 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar sug‘urtalangan mulkini ko‘zdan 
kechirish uchun sug‘urtalovchiga taqdim qilishi yoki mulkning 
barcha zararlangan qismlarining fotosurati yoki videolavhasini 
oldirishi va tiklash ishlari boshlangunga qadar o‘zi qiladigan 
ishlarni sug‘urtalovchi bilan kelishib olishi kerak. 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega 
bo‘lishi mumkin: 
• butun mulkni va ayrim obyektlarni tomonlarning qo‘shimcha 
kelishuvi yoki yangi sug‘urta shartnomasi shartlari asosida 
qo‘shimcha sug‘urtalash; 
• sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mustaqil ekspertiza 
o‘tkazilishini talab qilish; 
• sug‘urta 
shartnomasi 
amalda 
bo‘lgan 
davrda 
sug‘urtalovchidan sug‘urta masalalari borasida maslahatlar olish; 
• sug‘urtalovchi bilan kelishgan holda sug‘urta shartnomasiga 
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida sug‘urta shartnomasiga 
muvofiq sug‘urta tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo‘ladi: 
• shartnomada belgilangan muddatlarda sug‘urta polisini 
berish va shartnoma tuzishda asoslanilgan sug‘urtalash qoidalari 
bilan tanishtirish; 


630 
• sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisalari 
yuz berganda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi 
dalolatnoma asosida sug‘urta qoplamasi to‘lash; 
• sug‘urtalanuvchi bilan bo‘ladigan munosabatlarda mahfiylikni 
ta’minlash. 
Shu bilan bir qatorda sug‘urta tashkilotining huquqlari 
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
• agar sug‘urta hodisasi: 
a) sug‘urtalovchining sug‘urta hodisasini keltirib chiqarish 
uchun ataylab qilgan xatti-harakatlari natijasida yuz bergan bo‘lsa; 
b) sug‘urtalanuvchi tavakkalchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar 
haqida sug‘urtalovchini boxabar qilgan bo‘lmasa; 
d) 
sug‘urtalanuvchi 
sug‘urta 
hodisasi 
to‘g‘risida 
sug‘urtalovchiga xabar bermagan yoki yetkazilgan zarar 
tafsilotlari, turi va miqdorini aniqlashda sug‘urtalovchi yoxud uning 
vakili ishtirok etishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa; 
e) sug‘urtalanuvchi zararni aniqlash uchun zarur bo‘lgan 
hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, sug‘urta tovoni to‘lashni rad 
etish; 
• sug‘urta 
shartnomasining 
muddati 
mobaynida 
sug‘urtalangan mulkning ahvoli va qiymatini, shuningdek 
sug‘urtalanuvchi o‘z mulki haqida ma’lum qilgan ma’lumotlarning 
to‘g‘riligini tekshirish; 
• sug‘urtalanuvchidan sug‘urta hodisasi haqida xabar kelishini 
kutib o‘tirmasdan, sug‘urta hodisasi etkazgan zararni ko‘zdan 
kechirish va baholashga kirishish; 
• sug‘urta hodisasi yuz berish xavfining darajasini ifodalovchi 
qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish. 
Sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar 
sug‘urta 
mukofotini 
shartnomada 
ko‘rsatilgan 
muddatda 
to‘lamaganda shartnoma yuridik kuchini yo‘qotishi mumkin. 
Agar sug‘urtalangan mulkning yo‘qolishi yoki zararlanishiga 
quyidagilar 
sabab 
bo‘lsa 
sug‘urta 
tashkiloti 
sug‘urta 
javobgarligidan ozod etilishi mumkin: 
a) sug‘urtalanuvchining majburiyatlari kuchga kirgunga qadar 
mulkda mavjud bo‘lgan hamda sug‘urtalanuvchi yoki uning 
vakillariga ma’lum bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar; 
b) 
sug‘urtalangan 
mulkdan 
foydalanish 
qoidalarining 
sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan buzilishi natijasida 
zarar yetkazilishi; 
635 
150 000 so‘m. Sug‘urta summasi ham 150 000 so‘mga teng. Tarif 
stavkasi – 1,0 foiz. Hisoblangan va sug‘urtalovchiga to‘lanishi 
lozim bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdori 1500 so‘mni tashkil etadi. 
Sug‘urta shartnomasi muddati – 1,0 yil. Sug‘urta shartnomasida 
mazkur sug‘urta mukofotini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan. 
Shunga asosan sug‘urta qildiruvchi shartnoma tuzilgandan so‘ng 
3 kun ichida hisoblangan sug‘urta mukofotining 750,0 so‘mini 
to‘ladi. Sug‘urta hodisasi shartnoma tuzilgandan so‘ng 15 kun 
ichida sodir bo‘ldi. Bunday holatda va mazkur sug‘urta hodisasi 
sug‘urta tashkiloti tomonidan tan olingan taqdirda sug‘urta 
qildiruvchiga zarar to‘langan sug‘urta mukofotiga mutanosib 
ravishda, ya’ni 50 foizi miqdorida qoplab beriladi.
Sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining zararni qoplash 
to‘g‘risidagi yozma arizasi, shuningdek‚ vakolatli organlardan 
olingan tegishli hujjatlar asosida to‘lanadi. Bunday hujjatlarning 
taqdim 
etilmasligi 
sug‘urtalovchiga 
ushbu 
hujjatlar 
bilan 
tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to‘lashni rad etish huquqini 
beradi. 
Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi xabarni sug‘urta 
qildiruvchi 
shartnomada 
ko‘rsatilgan 
muddati 
ichida 
sug‘urtalovchiga yetkazishi shart. Aks holda, sug‘urta tashkiloti 
zararni qoplashdan voz kechishi mumkin. 
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani haqida ariza 
bergandan so‘ng sug‘urta tashkiloti tomonidan komissiya tuziladi 
va uning tarkibiga sug‘urtalanuvchining, sug‘urtalovchining, zarur 
hollarda esa vakolatli tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi. 
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va 
miqdorini aniqlaydi. Komissiya sug‘urta hodisasini e’tirof etgan 
taqdirda yo‘qotish va zararlar miqdori, shuningdek to‘lanishi lozim 
bo‘lgan sug‘urta qoplamasining miqdori aniqlanadi. Tomonlar buni 
dalolatnomada qayd etadilar. 
Mazkur dalolatnoma sug‘urtalanuvchiga sug‘urta tashkiloti 
tomonidan sug‘urta tovoni to‘lanishi uchun asos bo‘ladi.
Zarar sabablari va miqdori xususida tomonlar o‘rtasida nizolar 
paydo bo‘lgan hollarda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. 
Sug‘urtalanuvchi 
zararni 
qoplash 
haqidagi 
arizasida 
quyidagilarni ko‘rsatishi shart: 


634 
berishdan 
bosh 
tortganda 
sug‘urtalovchi 
sug‘urta 
tovoni 
to‘lashdan ozod bo‘ladi. 
Shartnomaga 
kiritiladigan 
hamma 
qo‘shimcha 
va 
o‘zgartirishlar, shuningdek‚ prolongatsiya, bekor qilish yoki 
to‘xtatish tomonlarning roziligi bilan o‘zaro xabar berilgan holda 
yozma ravishda amalga oshirilmog‘i darkor. 
Sug‘urta shartnomasidan kelib chiquvchi barcha nizo va 
kelishmovchiliklar tomonlarning muzokara olib borishi yo‘li bilan 
hal etiladi, kelishuvga erishib bo‘lmagan taqdirda esa tegishli 
muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda qarab chiqish uchun xo‘jalik sudiga 
oshiriladi. 
Yuridik shaxslar mulkini sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi 
mol-mulk balans qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Tarif 
stavkasini aniqlashda mol-mulkning joylashgan o‘rni, eskirganlik 
va risk darajasi kabi omillar hisobga olinadi. Jismoniy 
shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilishda sug‘urta obyekti bahosi 
bozor narxi asosida aniqlanadi.
Ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkasi sug‘urta 
tashkiloti tomonidan risk darajasi, ish yuritish xarajatlari va 
bozordagi talab hamda taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalari qonunchilikda 
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Sug‘urta mukofoti tarif stavkasi asosida sug‘urtaga qabul 
qilinayotgan obyektning sug‘urta summasidan kelib chiqqan holda 
hisoblanadi. Misol. Korxonaga tegishli va sug‘urtalash uchun 
qabul qilingan stanokning qoldiq qiymati 150 000 so‘m. Tarif 
stavkasi – 1,0 foiz. Sug‘urta mukofoti (Sm) quyidagicha 
hisoblanadi.
150 000x1 
Sm =-----------------= 1500 so‘m 
100 
Sug‘urta mukofotining miqdori va to‘lash muddatlari sug‘urta 
shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar 
sug‘urta tashkiloti bilan kelishgan holda sug‘urta mukofotini bo‘lib-
bo‘lib ham to‘lashlari mumkin. Agar, sug‘urta hodisasi sug‘urta 
mukofotining bir qismi to‘langandan so‘ng ro‘y bergan bo‘lsa, u 
holda zarar sug‘urta mukofotining to‘langan qismiga mutanosib 
ravishda qoplanadi. Misol. Korxonaga tegishli stanokning qiymati 
631 
d) sug‘urtalanuvchining yoki uning shartnoma bo‘yicha 
sug‘urtalangan mulk ishonib topshirilishi mumkin bo‘lgan 
xodimlaridan, vakillaridan yoki boshqa shaxslardan birining 
ehtiyotsizligi, vijdonsizligi, nosamimiyligi, shuningdek‚ mulkka 
mulkdorlik yoxud egalik huquqining qalloblik yo‘li bilan boshqa 
shaxsga o‘tkazilishi; 
e) doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi foydalanish omillari (eskirish, 
zanglab chirish) va ob-havo omillari ta’sirida yoxud sug‘urtalangan 
narsalardan foydalanmaslik oqibatida asta-sekin zararlanish; 
f) sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan yong‘in 
xavfsizligi qoidalarining buzilishi; 
g) yengil alangalanadigan modda va materiallarni saqlash 
yoki ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi; 
h) sug‘urtalanuvchi zararlangan narsalarni yoki ularning 
qoldiqlarini sug‘urtalovchiga ko‘rsatishdan bosh tortgan taqdirda, 
butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan narsalar bundan 
mustasnodir; 
i) urush yoki urush harakatlari (urush e’lon qilingani-
qilinmaganidan qat’iy nazar), g‘alayon, inqilob, qo‘zg‘olon, isyon, 
fitna, ish tashlash, noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatni qo‘lga olish, 
suiqasd, qo‘poruvchilik harakati, amalda yoki qonuniy mavjud 
bo‘lgan hukumatning yoki biror hokimiyat organining farmoyishi 
bilan musodara qilish, rekvizitsiya, buzish yoki zararlantirish, 
yadro reaksiyasi, yadro nurlanishi yoxud radioaktiv zararlanish. 
Ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilganda quyidagi:
a) agar falokat sug‘urtalanuvchining ehtiyotsizligi yoki noshud 
xatti-harakatlari tufayli yuz bergan; 
b) basharti falokat uchinchi shaxslarning ataylab qilgan yoki 
ataylab qilmagan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan hollarda 
sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi. 
Sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining zararni qoplash 
to‘g‘risidagi yozma arizasi, shuningdek, vakolatli organlardan 
olingan tegishli hujjatlar asosida to‘lanadi. Bunday hujjatlarning 
taqdim 
etilmasligi 
sug‘urtalovchiga 
ushbu 
hujjatlar 
bilan 
tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to‘lashni rad etish huquqini 
beradi. 
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani haqida ariza 
bergandan 
so‘ng 
komissiya 
tuzilib, 
uning 
tarkibiga 


632 
sug‘urtalanuvchining, sug‘urtalovchining, zarur hollarda esa 
vakolatli tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi. 
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va 
miqdorini aniklaydi. Komissiya sug‘urta hodisasini e’tirof ettan 
taqdirda yo‘qotish va zararlar miqdori, shuningdek to‘lanishi lozim 
bo‘lgan sug‘urta qoplamasining miqdori aniqlanadi. Tomonlar buni 
dalolatnomada qayd etadilar. 
Mazkur 
dalolatnoma 
sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urtalovchi 
tomonidan sug‘urta tovoni to‘lanishi uchun asos bo‘ladi.
Zarar sabablari va miqdori xususida tomonlar o‘rtasida nizolar 
paydo bo‘lgan hollarda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. 
Sug‘urtalanuvchi 
zararni 
qoplash 
haqidagi 
arizasida 
quyidagilarni ko‘rsatishi shart: 
-sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi; 
-sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalanuvchi qilgan 
ishlar; 
-zarar miqdori va sug‘urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug‘urta 
tovonining miqdori. Bunda tegishli ro‘yxat va summa ko‘rsatilishi 
kerak; 
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon 
miqdori. 
Mabodo zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sud qaroriga ko‘ra 
zarar 
aybdor 
shaxs 
tomonidan 
qoplanadigan 
bo‘lsa, 
sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. 
Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi: 
-agar sug‘urtalanuvchi zarar yetkazilishiga olib keluvchi xatti-
harakatlarni ataylab yoki qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan 
yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; 
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni 
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo‘lsa, 
tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar. 
Mabodo sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun 
aybdor 
yoki 
uchinchi 
shaxslardan 
tovon 
olgan 
bo‘lsa, 
sug‘urtalovchi sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan 
pul bilan aybdor yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul 
o‘rtasidagi farqning o‘zini to‘laydi. 
Shartnoma imzolagandan so‘ng tavakkalchilik darajasida ro‘y 
bergan va sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan 
barcha 
o‘zgarishlar 
sug‘urtalovchiga 
sug‘urta 
shartlarini 
633 
o‘zgartirish hamda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishi talab 
qilish huquqini beradi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta 
mukofotini to‘lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma 
yuridik kuchini yo‘qotadi, to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib 
berilmaydi. 
Shartnomada 
kelishilgan 
zararlarni 
qoplash 
uchun 
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshirilgan har bir to‘lov 
majburiyatlar chegarasini ana shu to‘lov miqdorida, ammo agar 
mas’uliyat chegarasini qayta tiklash uchun qo‘shimcha sug‘urta 
mukofoti 
to‘lanmasa, 
dalolatnomada 
qayd 
etilgan 
zarar 
miqdoridan ko‘p bo‘lmagan hajmda kamaytiradi. 
Shartnoma tomonlar unda ko‘rsatilgan majburiyatlarini 
bajarmay qo‘ygunlariga qadar kuchda bo‘ladi. 
Tomonlardan birining kamida 30 kun oldin beriladigan yozma 
arizasiga binoan shartnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi 
mumkin. 
Agar sug‘urtalanuvchi shartnomani muddatidan oldin bekor 
qilishini ma’lum qilsa, sug‘urta mukofoti unga qaytarilmaydi. 
Sug‘urta shartnomasi bekor qilinishini sug‘urtalovchi talab 
etgan taqdirda: 
a) sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofoti muddati tamom 
bo‘lmagan davrga mutanosib miqdorda qaytariladi, bunda o‘tgan 
davrda qilingan xarajatlar sug‘urta mukofotidan ushlab qolinadi; 
b) basharti sug‘urta shartnomasi bekor qilinishining talab 
etilishiga 
ushbu 
shartnomada 
kelishilgan 
shartlarning 
sug‘urtalanuvchi tomonidan buzilishi sabab bo‘lsa, faqat sug‘urta 
mukofoti muddati tamom bo‘lmagan davrga mutanosib miqdorda 
qaytariladi. 
Sug‘urta tovoni to‘lash haqida dalolatnoma tuzilgandan keyin 
sug‘urtalanuvchining zarar yetkazilishi uchun javobgar shaxslarga 
nisbatan 
bo‘lgan 
huquqlari 
to‘langan 
pul 
miqdorida 
sug‘urtalovchiga 
o‘tadi. 
Bunda 
sug‘urtalanuvchi 
aybdor 
shaxslardan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishi shart. 
Sug‘urtalanuvchi zarar yetkazgan shaxsga bo‘lgan da’vosidan 
yoki unga nisbatan bo‘lgan talablarning amalga oshirilishini 
ta’minlovchi huquqlaridan voz kechganda, shuningdek‚ regress 
talabni qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni sug‘urtalovchiga 


656 
stavkaga ko‘paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib borayotgan 
faoliyatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavfliligi 
esa ish beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi klassifikatsiyasi 
darajasiga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchi faoliyat turining 
xavflilik darajasi klassifikatsiyasi qoidalar asosida tasdiqlangan 
ushbu klassifikatsiyaga binoan iqtisodiyot sohalari kasbiy 
xatarlarining 20 ta klassiga ajratilgan. Har bir klass bo‘yicha 
tegishli 
koeffitsiyentlar 
belgilangan. 
Agar, 
ish 
beruvchi 
klassifikatsiyada keltirilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan 
bo‘lsa, faoliyatning bu turiga nisbatan kasbiy xatarlar klasslari 
bo‘yicha o‘rtacha sug‘urta tariflariga teng 3,400 hajmidagi 
koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Shuningdek, sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha sug‘urta tariflari 
tarkibi ham belgilangan bo‘lib, bunda sug‘urta mukofoti hajmidagi 
netto-stavka va sug‘urta mukofoti hajmida majburiy sug‘urtani 
amalga oshirish xarajatlari ulushi belgilab beriladi. Sug‘urta tarifi 
tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70 foizi ish beruvchining 
fuqarolik 
javobgarligini 
majburiy 
sug‘urtalash 
shartnomasi 
bo‘yicha to‘lovlar va 30 foizi ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urtalash xarajatlari (shu jumladan, 
sug‘urta hodisalarini oldini olishga oid ogohlantirish tadbirlari 
zaxirasiga chegirmalar tarifning 5,0 foizini tashkil etadi)dan iborat. 
Shubhasiz, respublikada majburiy sug‘urtaning ijtimoiy 
yo‘naltirilgan 
tizimi 
shakllantirilgan. 
Bu 
tizim 
mamlakat 
iqtisodiyotining zamonaviy talablariga to‘liq javob beradi. Majburiy 
sug‘urta turlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat 
sug‘urta bozorini rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy 
sug‘urtaning aholini ijtimoiy himoyalashda ishtirokini oshiradi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling