Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Sug‘urta syurveyerlari, aktuariylari, adjasterlari va


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

24.4. Sug‘urta syurveyerlari, aktuariylari, adjasterlari va 
 assistanslari 
 
Sug‘urta bozorining jadal rivojlanishi, sug‘urta xizmatlariga 
bo‘lgan talab va ehtiyojning yil sayin oshib borishi tufayli 
bozorning sug‘urtalovchilar hamda ularning mijozlari bo‘lmish 
yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq 
xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan sug‘urta syurveyerlari, 


616 
aktuariylar kabi yangi muassasalarning vujudga kelishiga sabab 
bo‘ldi.
Syurveyer inglizcha “surveyor” so‘zidan olingan bo‘lib, bu 
tushuncha O‘zbekiston sug‘urta bozorida 1997-yildan qo‘llanilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi 
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 618-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi 
Nizom”da 
sug‘urta 
syurveyerining 
vakolatlari, 
huquq 
va 
majburiyatlari 
o‘z 
ifodasini 
topdi. 
Shu 
yili 
O‘zbekiston 
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga 
qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi va unda sug‘urta bozorining 
professional ishtirokchilari qatori sug‘urta syurveyerlari faoliyat 
yo‘nalishlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Mazkur 
qonunning 9

va 9
7
-moddalarida sug‘urta syurveyerining huquq va 
majburiyatlari aniq ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardan 
iborat: 
Sug‘urta 
syurveyeri 
quyidagilar 
bo‘yicha 
xizmatlar 
ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan 
yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan 
jismoniy shaxsdir:
sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug‘urta obyektini 
ko‘zdan kechirish va tekshirish;
sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va 
tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini 
aniqlash;
tekshirilayotgan sug‘urta obyekti bo‘yicha xulosa tuzish.
Sug‘urta ekspertizasini o‘tkazishga vakolatli mutaxas-
sislarning 
(ekspertlarning) 
ish 
tartibi 
sug‘urta 
syurveyeri 
tomonidan belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta 
qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug‘urta syurveyeri:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish 
operatsiyalari o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli 
emas.
617 
Sug‘urta syurveyeri ishining natijalari bo‘yicha hisobot 
taqdim etiladi, sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bu hisobotdan 
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzish chog‘ida 
foydalanishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar 
mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi 
mumkin.
Sug‘urta syurveyeri:
xizmatlar 
ko‘rsatiladigan 
sug‘urtalovchini 
(sug‘urta 
qildiruvchini) erkin tanlashga;
sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urta qildiruvchidan 
(sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati 
sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur 
ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.
Sug‘urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin.
Sug‘urta syurveyeri:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga 
rioya etishi;
sug‘urta ekspertizasi o‘tkazish uchun taraflar taqdim etgan 
hujjatlarning saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan 
ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart.
Sug‘urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi 
tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi 
mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimiz sug‘urta bozorida bir nechta 
syurveyer tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 
“Aktuar” 
atamasi 
“aktuariy” 
tushunchasi 
bilan 
uzviy 
bog‘langan va inglizcha «actuaru», lotincha «actuarmus» 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, hisobchi, tez yozuvchi degan ma’nolarni 
anglatadi. Aktuariyning asosiy vazifalaridan biri u sug‘urta turlari 
bo‘yicha tarif stavkalarini hisoblash usullarini ilmiy jihatdan 
asoslab beradi. Ma’lumki, sug‘urta tariflari sug‘urtalovchilarning 
moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida muhim omil 
bo‘lib hisoblanadi. 


640 
Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i
111
Klass 
tartib 
raqami 
Klassning nomi 
Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha 
talablar 
I klass 
Hayot va 
annuitetlar 
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash 
bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda 
tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi 
hayotni sug‘urta qilish turlari jami: 
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom 
bo‘lgungacha 
yoki 
sug‘urta 
shartnomasida 
belgilangan yoshgacha yashashi; 
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi; 
shuningdek sug‘urta shartnomasi amal qilishi 
davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan 
mustasno 
II klass 
Nikoh va tug‘ilish Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta 
summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq 
muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish 
turlari jami 
III klass 
Hayotni uzoq 
muddatli sug‘urta 
qilish 
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni 
sug‘urta qilish turlari jami 
IV klass 
Sog‘liqni sug‘urta 
qilish 
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan 
kam 
bo‘lmagan 
muddatga 
yoki 
sug‘urta 
qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga qadar 
belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan 
turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish 
tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga 
layoqatlilikni 
yo‘qotganda 
sug‘urta 
summalari 
to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish turlari 
jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri 
sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda 
bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas. 
Hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha tarif stavkasi va sug‘urta 
summasini hisoblashda, sug‘urta hodisalari sodir bo‘lish ehtimolini 
aniqlashda hayotiylik jadvali muhim o‘rin tutadi. Ushbu jadval ilk 
marta angliyalik olim Galley tomonidan 1693-yilda yaratilgan va 
e’lon qilingan. Hayotiylik jadvali turli demografik ko‘rsatkichlar 
joylashgan ustunlardan iborat bo‘lib, aholi statistikasi ma’lumotlari 
asosida tuziladi. 
Hayotiylik jadvali ma’lumotlari asosida insonlarning qancha 
yoshgacha yashash ehtimolini aniqlash mumkin. Statistik 
qonuniyatlar o‘lim hodisasi ro‘y berish ehtimolini inson yoshiga 
bog‘liqligini tasdiqlaydi. Bola dunyoga kelgandan keyin uning 
dastlabki yillarida o‘lim hodisasi yuz berishi ko‘payishi, so‘ngra 
111
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 413-son qarori asosida tasdiqlangan. 
625 
kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug‘urta 
shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida 
sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur 
yordam ko‘rsatishi;
sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-
tadbirlarini ko‘rishi shart.
Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi 
mumkin. 
Hozirgi kunda respublikamizda “Bovar Service”, “Global 
Assist”, “Insurance Assist Group”, “O‘zbekinvest Assistans” 
assistans 
xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi 
tashkilotlar 
faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling