Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 
• Davlat kreditining mazmun-mohiyati nimadan iborat? 
• Davlat krediti qanday subyektlar o‘rtasida vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat va unda 
davlat qanday sifatlarda maydonga chiqadi? 
• Davlat kreditida davlat qachon kafilga aylanadi? 
585 
• Davlat tomonidan kafolatning berilishi markazlashtirilgan 
pul fondining, albatta, o‘zgarishiga olib kelmasligi mumkinmi? Bu 
qanday holatlarda sodir bo‘lishi mumkin? 
• Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz) 
moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi 
qanday o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega? 
• Umuman olganda, davlat krediti boshqa moliyaviy 
kategoriyalardan o‘zining qanday xarakterli xususiyatlari bilan 
farqlanadi? 
• Davlat krediti qanday funksiyalarni bajaradi? 
• Davlat kreditini taqsimlash funksiyasining mazmuni 
nimadan iborat? 
• Davlat kreditining tartibga solish funksiyasini xarakterlovchi 
misollar keltiring. 
• Iqtisodiyotni tartibga solish vosita sifatida davlat kreditidan 
ongli ravishda foydalanish nimalarni anglatadi? 
• Davlat krediti nazorat funksiyasining mazmuni nimadan 
iborat va u kimlar tomonidan amalga oshiriladi? 
• Davlat kreditining nazorat funksiyasi qanday xarakterli 
belgilarga ega? 
• Davlat krediti qanday belgilarga ko‘ra klassifikatsiya 
qilinadi? 
• Emitentlar bo‘yicha davlat krediti qanday guruhlarga bo‘linadi? 
• Joylashtirilish joyiga qarab davlat krediti nimalardan tashkil 
topadi? 
• Bozorda aylanishiga qarab davlat kreditining tarkibi 
nimalardan iborat bo‘ladi? 
• Bozorli va bozorsiz qarzlar deyilganda nimalar nazarda 
tutiladi? 
• Mablag‘larni jalb qilish muddatiga ko‘ra davlat krediti 
qanday guruhlarga bo‘linadi? 
• Qarz majburiyatlarining ta’minlanganligiga qarab davlat 
krediti nimalardan tashkil topadi? 
• Garovli va garovsiz obligatsiyalar nimalari bilan farqlanadi? 
• To‘lanadigan daromadning xarakteri bo‘yicha davlat krediti 
qanday klassifikatsiya qilinadi? 
• Yutuqli obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarning to‘lanishi 
nimalar asosida amalga oshiriladi? 
• Nol kuponli obligatsiyalar deyilganda nima tushuniladi? 


608 
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi 
nazaridan sug‘urta bozorini xaridorlar – sug‘urtalanuvchilarning 
sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari va sotuvchilar – sug‘urta 
tashkilotlarining sug‘urta himoyasi bo‘yicha takliflari nisbati bilan 
boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish 
mumkin. Sug‘urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo‘jalik 
yurituvchi subyektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining 
elementi sifatidagi sug‘urtaga nisbatan bo‘lgan talabi va 
shuningdek, sug‘urtalovchilarning sug‘urta xizmatini sotib olish 
orqali o‘z talabini qondirishga imkon yaratadigan sotib olish 
layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos 
bo‘lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar 
yuksalishi 
bilan 
sug‘urta 
xizmatlariga 
bo‘lgan 
talabning 
kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug‘urta va 
ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan sug‘urta himoyasining 
qisqarishi ham shuningdek, sug‘urta xizmatlariga talabning 
oshishiga sabab bo‘ladi. 
Sug‘urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo‘lib, 
unda savdo-sotiq obyekti sifatida sug‘urta himoyasi qatnashadi 
hamda unga talab va taklif shakllanadigan maxsus ijtimoiy-
iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug‘urta bozori keng ma’noda 
sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini aks ettiradi. Sug‘urta bozorining 
obyektiv asosini kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar 
oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf etish yo‘li bilan ishlab 
chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi. 
Qolaversa, 
sug‘urta 
bozori 
iqtisodiyotni 
qo‘shimcha 
moliyalashtirishda ham muhim o‘rin tutadi. Sug‘urta bozori faoliyat 
yuritishining asosiy sharti bo‘lib sug‘urta xizmatlariga jamiyat 
ehtiyojining mavjudligi va ushbu ehtiyojni qondira oladigan 
sug‘urta tashkilotlarini mavjud bo‘lishi hisoblanadi. Faoliyat 
ko‘rsatayotgan sug‘urta bozori turli tarmoq bo‘limlarini biriktirgan 
murakkab, integratsiyalashgan tizimni o‘zida aks ettiradi. 
Sug‘urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar 
va vositachilar hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. 
Sotuvchilar toifasini sug‘urta va qayta sug‘urta tashkilotlari tashkil 
etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan sug‘urta 
shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug‘urtalanuvchilar - jismoniy va 
yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar 
593 
- o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, 
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta 
sug‘urta qilish; 
- maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va 
shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish; 
- qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida 
professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat 
turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi 
talab qilinmaydi;
- sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar 
malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta 
agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish; 
- sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va 
ogohlantirish chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi 
belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish; 
- sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta 
turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilash; 
- sug‘urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan 
tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi 
organlardan, 
sudlar, 
tibbiyot, 
seysmologiya, 
veterinariya, 
gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan 
belgilangan tartibda so‘rash va olish; 
- sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, 
sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan 
tegishli shartnomalar tuzish; 
- sug‘urta tovoni to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta 
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda 
tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini 
muddatidan ilgari bekor qilish; 
- sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni 
tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari 
va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta 
qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish; 
- chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari 
ko‘rsatish; 
- ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan 
yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning 
ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish; 


594 
- O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el 
reyting tashkilotlari reytinglarini olish; 
- o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish. 
Sug‘urtalovchi: 
- sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga 
rioya etishi; 
- sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan 
axborotning mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq 
ta’minlashi; 
- o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reestrini yuritishi; 
- qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli 
davlat organining talabiga binoan taqdim etishi; 
- sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida 
yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda 
tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga 
oshirishi va sug‘urta tovoni to‘lashi; 
- firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri 
o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga 
qonunda belgilangan tartibda etkazishi; 
- sug‘urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi 
belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda 
joylashtirishi; 
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy 
auditorlik tekshiruvidan o‘tishi; 
- maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda 
kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar 
ko‘rsatish uchun jalb etishi; 
- maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda 
va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi; 
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini 
yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa 
hisobotlarni tuzishi shart. 
Sug‘urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari 
qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda shakllantiriladi. 
Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda sug‘urta 
tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul shaklida bo‘lishi talab 
etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 foiz 
shakllantirilgan bo‘lish lozim.
607 
deganda sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan 
ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, takroriylik va zarar 
yetkazilish oqibatlarining og‘irlik darajasini aniqlash, sug‘urta 
zaxiralarini hisob-kitob qilish, sug‘urta jarayonini tashkil etish 
uchun zarur xarajatlar hajmini aniqlash, sug‘urta xizmatlari 
tannarxini hisob-kitob qilish, sug‘urtaning (qayta sug‘urta 
qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini belgilash, 
investitsiya 
faoliyati 
natijalarini 
baholash, 
daromadlarni 
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha 
rejalashtirish va boshqa aktuar xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zi ichiga 
oluvchi aktuar xizmatlari majmuasi tushuniladi. 
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan va milliy sug‘urta bozorini tartibga 
solishga qaratilgan barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ustida 
atroflicha to‘xtalib o‘tishning imkoniyati mavjud emas. Shu 
sababli, ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va 
ahamiyatiga e’tiborni qaratdik. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling